Toşkent şahrining Yunusobod tumanida beşta transport vositasi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi, deb xabar beradi poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati.
Qayd etilişiça, 23 yanvar kuni taxminan soat 15:20 larda Yunusobod tumani Kiçik halqa avtomobil yöli köçasida Nexia-2, ikkita Lacetti, Spark va Nexia-3 rusumli avtomaşinalari özaro töqnaşuvi natijasida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan köriş mumkinki, Nexia-2 transport vositasi Lacettiʼning ustiga çiqib ketgan.
Ta’kidlanişiça, YTH natijasida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tuşmagan.
Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.












