Özbekistonda heç qaysi hokimga şu paytgaça ketma-ket törtta viloyat boşqaruvi işonib topşirilmagan edi. Navoiy, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining sobiq hokimi Erkinjon Turdimov endilikda Sirdaryo viloyatiga rahbarlik qiladi. U hozirgaça umumiy hisobda 24 yil hokim, 16 yil viloyat hokimi bölib işlagan. Va bu bejiz emas: Turdimov öz malakasi va rahbarlik madaniyati bilan köplab hamkasblaridan yaqqol ajralib turadi.
Taniqli davlat arbobi Erkinjon Turdimov 1969 yil 10 iyulda Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanida tuğilgan.
1991 yilda Toşkent xalq xöjaligi instituti – hozirgi Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodçi mutaxassisligi böyiça tamomlagan. Şundan keyin bir neça yil bank tizimida işlagan, 2000-2008 yillarda esa Navoiy viloyati Xatirçi tumani hokimi bölgan.
2008 yilda Turdimov Toşkentga çaqirtirilib, qişloq va suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari etib tayinlanadi, lekin köp ötmay, şu yilning özida Navoiyga qaytadi – viloyat hokimi sifatida. U 2008-2016 yillarda Navoiy viloyatini, 2016-2018 yillarda Surxondaryo viloyatini, 2018-2024 yillarda esa Samarqand viloyatini boşqardi.
Ayniqsa, uning Surxondaryo hokimligidan Samarqandga ötkazilişini voha ahli çuqur qayğu bilan qarşi olgani hammaning yodida bölsa kerak.
“Aziz vohadoşlar. Men Surxondaryo xalqidan çeksiz minnatdorman, 1 yil-u 7 oy vaqt mobaynida voha ahlidan juda köp narsa örgandim. Özimni Surxondaryo xalqidan bir umr qarzdor deb hisoblayman”, – degandi Turdimov surxondaryoliklar bilan xayrlaşuv çiqişida.
Erkinjon Turdimovning hokimlik davrida Samarqand viloyatida ham qator muhim ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar amalga oşirildi. U 2024 yil noyabrida salomatligi sabab iste’foga çiqarilgan edi. Mana, oradan ikki oy ötib, unga endi Sirdaryo viloyati boşqaruvi işonib topşirildi.
55 yoşli arbob hozirgaça “Mehnat şuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordenlari bilan mukofotlangan. U mehnat faoliyatida erişgan yutuqlari va el hurmatini qozongani bilan, alohida obro‘-e’tiborga ega davlat arbobi sifatida e’tirof etiladi.
Bundan bir yil avval, 2024 yil arafasida Kun.uz muxbiri Erkinjon Turdimovning bir kunlik faoliyati bilan tanişib, uning şaxsiy va professional hayoti haqida suhbat qurgandi










