AQŞ Senati 23 yanvar kuni Jon Retkliffni Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) boşliği etib tayinlaşni ma’qulladi. Uning nomzodini 74 senator yoqladi, 25 nafari qarşi ovoz berdi, bir nafari esa ovoz berişda qatnaşmadi.

Şu tariqa Retkliff AQŞ yangi ma’muriyatining Senat tomonidan tasdiqlangan ikkinçi a’zosiga aylandi. Birinçisi şu hafta boşida AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio edi.

Retkliff 1965 yil 20 oktyabrda Illinoys ştatidagi Mount-Prospekt şaharçasida öqituvçilar oilasida tuğilgan. U 1987 yilda Notr-Dam universitetini jamoat va xalqaro tadqiqotlar fakultetini tamomlagan va 1989 yilda Janubiy Metodist universitetining huquqşunoslik fanlari doktori darajasini olgan.

2004 yilgaça u xususiy amaliyotda advokat bölgan, keyin esa Texas ştatining Şarqiy okrugi prokuraturasida işlagan va 2007 yilda vaqtinçalik tuman prokurori etib tayinlangan. Bundan taşqari, 2004 yildan 2012 yilgaça u Texas ştatidagi Xit kiçik şaharçasi meri bölib işlagan. U 2015 yildan 2020 yilgaça Qöşma Ştatlar Vakillar palatasining a’zosi bölgan, keyin esa Trampning birinçi prezidentlik davrida 2021 yilgaça Milliy razvedka direktori lavozimida işlagan.

Senatda Markaziy razvedka boşqarmasi direktori lavozimini tasdiqlaş haqidagi tinglovda Retkliff Xitoy tahdidiga qarşi kuraşni kuçaytiriş muhim deb hisoblaşini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, Qöşma Ştatlar «tarixdagi eng qiyin milliy xavfsizlik muhitiga» duç kelmoqda. Retkliff, şuningdek, Ukraina va Rossiya bilan boğliq masalalarda Trampga işonişini aytdi.