Signa Holding developerlik imperiyasi asosçisi Rene Benko 23 yanvar kuni tongda Insbrukdagi villasida hibsga olindi, deb xabar beradi Bild.

Qayd etilişiça, uning hibsga olinişi Avstriya, Italiya va boşqa davlatlardagi jinoyat işlariga oid tergovlar seriyasi bilan boğliq.

Avstriyaning Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarşi kuraşiş prokuraturasi Benkoni 2023 yil yozda bankdan kredit oliş uçun özining Signa Holding kompaniyasining tölov qobiliyati töğrisida yolğon ma’lumotlar berganlikda gumonlamoqda.

Benkoga qarşi tergov, şuningdek, Germaniya va Lixtenşteynda ham olib borilmoqda — milliarder uşbu mamlakatlarda qator iqtisodiy jinoyatlarda ayblangan.

Italiyada esa Benkoga qarşi tenderlarni manipulyatsiya qiliş, noqonuniy ta’sir körsatiş va firibgarlik böyiça ayblovlar qöyilgan.

Avstriya konstitutsiyasi öz fuqarolarining çet eldagi sud jarayonlarida iştirok etişi uçun ekstraditsiya qilinişini taqiqlaydi. Avvalroq Rene Benkoning advokati Yevropadagi biror-bir order uning mijozi hibsga olinişini ta’minlay olmasligini aytgandi.

Rene Benkoga Avstriyadagi eng yirik köçmas mulk holdingi — Signa Holding tegişli. 2023 yil noyabrda holding bankrotlik böyiça ariza bergan. Kreditorlar Signa’ni bankrotlik töğrisida ariza berişidan oldin noqonuniy tranzaksiyalarni amalga oşirgani uçun sudga bergan. Öşanda Signa’ning qarzi 13 milliard yevroni taşkil etgan, 120 ga yaqin bank esa uning kreditori bölgan.