Boltiqböyining uç davlati Yevropa Ittifoqi energetika tarmoğiga ulaniş va Rossiya energetika tizimidan uziliş böyiça tayyorgarlikni yakunladi. «Biz barça darajadagi sinxronizatsiyani yakunlaşga tayyormiz», dedi Latviya iqlim va energetika vaziri Kaspars Melnis 24 yanvar, juma kuni Rigada Litva hamda Estoniyadan bölgan hamkasblari Jigimantas Vayçyunas va Yoko Alender bilan uçraşuvda.

Uç mamlakat energetika idoralari rahbarlari «hamma narsa reja böyiça ketayotganini» tasdiqladi. Ular energiya tizimlarini sinxronlaştirişdan oldin muhim energetika infratuzilmasi uçun xavfsizlik çoralari kuçaytirilganini ta’kidladi. Şu bilan birga, Latviya, Litva va Estoniya hukumatlari barça ssenariylarga tayyor, deya ta’kidlanadi qöşimça ravişda. Melnisning sözlariga köra, Rossiya tizimidan uzilişning oldini olişga urinişlar haqida hozirça ma’lumot yöq.

Litva vaziri loyihani «tarixiy» deb atadi. Uning yordami bilan Boltiqböyi davlatlari Rossiya elektr energiyasidan qurol sifatida foydalana olmasligini ta’minlamoqçi. Estoniya energetika vaziri, öz navbatida, Yevropa elektr tarmoqlari bilan sinxronlaştiriş uç davlatning energetika tizimlarini xavfsiz holatga keltirişini va ularni Rossiya Federatsiyasi nazoratidan mustaqil qilişini ta’kidladi. «Biz elektr energiyasi faqat töliq işonçli bölgan şeriklar örtasida ötkazilişini istaymiz», deb qöşimça qildi Alender.

Fevral boşida BRELLdan uziliş amalga oşiriladi

Estoniya, Latviya va Litva 8 fevral kuni Belarus, Rossiya, Estoniya, Latviya va Litva (BRELL) elektr tarmoğidan uzilişni rejalaştirmoqda, ular unga SSSR davridan beri kirib kelgan. Şu bilan birga, ular özlarining elektr tarmoqlarini Polşa orqali Yevropa bilan sinxronlaştiradi.

Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo uçta davlat Rossiyaning Ukrainaga qarşi davom etayotgan harbiy tajovuzi fonida elektr energiyasi importini töxtatib qöyganidan keyin öz elektr tarmoqlari ustidan töliq nazoratni tiklaşga va energiya xavfsizligini mustahkamlaşga intilmoqda.

Boltiqböyi uç davlatining 2025 yil fevralidan keçiktirmay kontinental Yevropa bilan elektr tarmoqlarini sinxronlaştiriş töğrisidagi qöşma deklaratsiyasi 2023 yil avgustida imzolangan va reja Yevropa Komissiyasi bilan kelişilgan. 2022 yil dekabr oyida Estoniyaning öşa paytdagi boş vaziri Kaya Kallas Tallin BRELL halqasidan favqulodda uzilişga tayyorligini, ammo yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarni minimallaştirişni xohlayotganini aytdi. Uning sözlariga köra, Estoniyada bunday qadam uçun siyosiy iroda bor, biroq u hali ham bir qator texnik elementlardan mahrum.