Pep Gvardiola «Mançester Siti»ning «Çelsi»ga qarşi şanba kungi uçraşuvi oldidan matbuot anjumanida iştirok etib, Abduqodir Husanov va jamoaning qolgan yangi öyinçilari haqida fikrini bildirdi.
Ispaniyalik mutaxassis tarkibdagi muammolardan kelib çiqqan holda «Siti»ning uçala yangi öyinçisi ham «Çelsi»ga qarşi öyin qaydnomasidan örin olişini tasdiqladi.
«Vitor Reys yoş, uning katta potensiali bor, ammo hali unga vaqt kerak. Abduqodir Husanov esa allaqaçon moslaşişga ulgurgan, u fransuz ligasida baquvvat va tezkor öyinçilarga qarşi öynagan. Omar Marmuş sönggi maşğulotimizda qatnaşdi va öylaymanki, u ham tezda moslaşadi», - dedi Pep.
«Mançester Siti» ustozi jurnalistlar savollariga javob qaytararkan, jarohatlar sababli tarkibda öyinçilarning yetişmayotgani va yangi öyinçilarning yordamidan umid qilayotganini bildirdi.
«Albatta, bu öyinda yangi öyinçilar yordam berişi mumkin, ular aynan şu maqsadda taklif etilgan. «Çelsi»ga qarşi öyin uçun menda faqat bitta markaziy himoyaçi bor. [Abduqodir] Husanovni ham hisoblasak, menda yana bir himoyaçi böladi, «Bryugge»ga qarşi öyingaça esa himoyaçilar köproq bölişi mumkin.
Ruben Diaş va Doku jarohati sababli yordam bera olmaydi. Öyinlarimiz köpligini inobatga olgan holda, katta tarkibga ega böliş biz uçun muhim.
Pep Gvardiola matbuot anjumanida «Mançester Siti» uçun keyingi ikki öyinning muhimligini ham baholadi. 25 yanvarda «Mançester Siti» APLda «Çelsi»ga qarşi, 29 yanvarda esa YeÇLda «Bryugge»ga qarşi öynaydi.
«Bungaça bizda katta muammolar bölişiga qaramay, APL turnir jadvalida «Çelsi» bilan yonma-yon turibmiz. Bu juda muhim hafta böladi. Kelgusi ikki öyin biz uçun finalga tengdir. Muxlislar qöllab-quvvatlaşi evaziga bu tösiqlardan muvaffaqiyatli ötamiz, deb umid qilaman», – deydi «Mançester Siti» boş murabbiyi.
Ma’lumot uçun, APL 23-turi doirasidagi «Man Siti» va «Çelsi» uçraşuvi 25 yanvar, şanba kuni soat 22:30da boşlanadi. Mançester klubi 38 oçko bilan 5-örinda, London jamoasi esa 40 oçko bilan 4-poğonadan joy olgan. YeÇL guruh bosqiç sönggi turida esa «Siti» «Bryugge»ni mağlub etibgina keyingi bosqiçga yöllanma olişi mumkin.










