«Çelsi»ga qarşi öyin oldidan klub rasmiy sayti Gvardiolaning sözlarini keltirarkan, Pep mavsum boşida himoya çiziğidagi jarohatlar sabab Husanovni qişki transfer oynasidayoq sotib oliş asosiy maqsadlardan biriga aylanganini ta’kidladi. Şuningdek, klub özbekistonlik himoyaçini ötgan yozdan buyon kuzatib kelganini ma’lum qildi.

Husanov bilan şartnoma tuziş taklifi qaçon paydo bölgani haqida söralganda, Pep şunday javob berdi:

«Yozda Çiki Begiristayn va uning xodimlari bilan uçraşuv ötkazib, barça pozitsiyalardagi nomzod öyinçilar haqida gaplaşganmiz. Öşanda ular Husanov haqida aytişgandi.

Jon (Stounz), Natan (Ake), Ruben (Diaş) va Manu (Akanji) bilan boğliq vaziyat sabab qişki transfer bozoriga çiqişga qaror qildik. Köpçilik uni kelajak uçun deb hisoblaşadi, çunki biz bir yillik öyinçi olmaymiz, ularning katta kelajagi bor. Abduqodir bizga yetişmayotgan öziga xos sifatlarga ega futbolçi. Şu bois uni sotib olişga qaror qildik. 

U bizga yordam bera oladi, bunga işonçim komil. Ha, u yoş va Vitor kabi ösişda davom etadi. Yozgi yiğin bilan tayyorgarlik köriş afzal bölardi, ammo u hozir ham biz uçun muhim öyinçi böladi.

Husanov markaziy himoyaçi sifatida, markazda ham, öng qanotda yoki uçlik himoyada ham öynay oladi. Turli pozitsiyalarda harakat qilişi mumkin», - deydi murabbiy.

Husanovning asosiy afzalliklaridan biri — uning tezligi. Pepning fikriça, bu qarşi hujumlarni bartaraf etişda yordam beradi, ammo jamoa töpni yaxşiroq nazorat qilişga köproq e’tibor qaratişi kerak.

«Husanovning faqatgina tezligi bizga yordam beradi, deb öylamayman, — dedi Gvardiola.

— Uning tezligi, albatta, muhim, ammo muammomiz – töp nazorati bilan boğliq. Misol uçun «PSJ»ga qarşi bahsda ulardan köproq yugurdik. Biz himoyaviy öyinimiz bilan maqtana olmaymiz, töp bilan öynaganda yaxşimiz. Töp bilan harakatimiz ötgan yillarga nisbatan yomonroq. Unga yaxşiroq egalik qilişimiz kerak. Agar töpni notöğri uzatsak, iş juda qiyinlaşadi. Futbolda asosiysi — töp bilan nima qila olişing», - deya Pep Gvardiolaning sözlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Ma’lumot uçun, APL 23-turi doirasidagi «Man Siti» va «Çelsi» uçraşuvi 25 yanvar, şanba kuni soat 22:30da boşlanadi. Mançester klubi 38 oçko bilan 5-örinda, London jamoasi esa 40 oçko bilan 4-poğonadan joy olgan. YeÇL guruh bosqiç sönggi turida esa «Siti» «Bryugge»ni mağlub etibgina keyingi bosqiçga yöllanma olişi mumkin.