23 yanvar kungi prezident selektorida bu yil 135 mingta xonadonli köp qavatli uylarni markazlaşgan holda isitiladigan, ovqat pişiriş esa elektr plitasi orqali böladigan qilib quriş zarurligi ta’kidlandi.
Quriliş va uy-joy kommunal vazirligining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, 2025 yilda respublikada aynan 135 mingta xonadonli yangi turar joylar quriladi va ularning barçasi markazlaşgan issiqlik ta’minotiga ulanadi.
Vazirlikning ma’lum qilişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida joriy yilda 120 mingta xonadonli, Yangi Toşkent hududida 15 ming xonadondan iborat köp qavatli uylar qurilişi hisob-kitob qilingan.
“Yangi Özbekiston” massivlarini quriş böyiça 2021 yil 9 dekabrda imzolangan prezident farmoniga asosan, “Yangi Özbekiston” massivlarida köp qavatli uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyasi, ijtimoiy soha, işlab çiqariş, savdo va xizmat körsatiş obektlari kompleks tarzda qurilişi belgilangan. Şuni inobatga olib, “Yangi Özbekiston” massivlarida barpo etilayotgan 29 mingta xonadondan iborat köp qavatli uylar markazlaşgan issiqlik ta’minoti bilan ta’minlanadi, deyiladi vazirlik izohida.
Şuningdek, Yangi Toşkentda barpo etilayotgan 15 mingta xonadondan iborat köp qavatli uylarni isitiş va sovitiş markazlaşgan trigeneratsiya tizimi orqali amalga oşiriladi.
Vazirlikning qayd etişiça, respublikaning uy-joylarga talab yuqori bölgan hududlarida 91 mingta xonadondan iborat köp qavatli uylar qurilişi rejalaştirilmoqda. Mavjud markazlaşgan qozonxonalar orqali issiqlik energiyasini yetkazib beriş imkoniyati bölgan hududlardagi yangidan qurilayotgan köp qavatli uylarni markaziy qozonxonalarga ulaş böyiça tegişli texnik şartlar olinib, markazlaşgan issiqlik ta’minoti bilan ta’minlaş çoralari körilmoqda.
Mavjud markaziy va mahalliy qozonxonalarga ulaş imkoniyati bölmagan yangidan qurilayotgan köp qavatli uylar uçun alohida qozonxonalar quriladi.











