AQŞning yangi ma’muriyati Meksika körfazini Amerika körfazi sifatida qayta nomladi. Donald Trampning «Amerika buyukligi merosi şarafiga» nomlarni tiklaş töğrisidagi farmoni ijro etilganini AQŞ içki işlar vazirligi e’lon qilgan.

Tramp 20 yanvar kuni inauguratsiya nutqida Meksika körfazining nomini özgartiriş niyatini bildirgandi.

«Avval Meksika körfazi sifatida ma’lum bölgan Amerika körfazi mamlakat tarixi va iqtisodiyotidagi eng muhim boyliklardan biri», — deyilgan AQŞ içki işlar vazirligi bayonotida.

Florida gubernator Ron DeSantis yangi nomni işlata boşlagan. Xususan, ştat meteoxizmatining ob-havo böyiça sönggi prognozida Amerika körfazi nomi işlatilgan.

Meksika prezidenti Klaudiya Şeynbaum bunga javoban Amerikani Meksika Amerikasi (América Mexicana) deb nomlaşni taklif qilgan.

Ammo körfazning qayta nomlanişi xalqaro miqyosda tan olinişi dargumon. Avvalroq Meksika rasmiylari Meksika körfazi nomi butun dunyo böylab tan olinişi hamda yuzlab yillar davomida dengiz navigatsiya belgisi sifatida işlatib kelingani haqida aytişgandi.

Alyaskadagi toğ va Trampning boşqa da’volari

Şu kunlarda AQŞning federal organ hisoblanadigan Geografik nomlar böyiça kengaşi prezident Trampning Alyaskadagi toğ çöqqisiga sobiq prezident Uilyam MakKinli nomini qaytariş böyiça farmonini ijro etiş ustida iş boşlagani ma’lum bölgandi.

Bu Şimoliy Amerikadagi eng baland nuqta bölib, avvaliga 1901 yilda öldirilgan prezident Uilyam Mak-Kinli şarafiga nomlangan.

Ammo 2015 yilda Barak Obama Mak-Kinlini mahalliy amerikaliklar foydalanadigan Denali nomiga özgartirgan edi. Bu Alyaskada yaşovçi aholining talabi va ikki asosiy partiya vakillari qöllovi bilan röy bergandi.

Juma kuni esa Tramp ma’muriyati Obamaning qarorini MakKinliga «haqorat» deb baholadi hamda çöqqiga oldingi nomini qaytariş böyiça körsatma berdi.

Alyaskada yaşovçilarning köpçiligi, jumladan ştat gubernatori bunag qarşi, ammo Tramp ma’muriyati buni inobatga olmayapti.

Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida Panama kanali ustidan nazoratni AQŞga qaytariş niyatini bildirgan, bu esa Panamani qöllov sörab BMTga murojaat qilişga undagan.

Şuningdek, u Kanada qöşib olinişi va Grenlandiya kuç bilan egallanişini istisno qilmagan.