Belarusda prezidentlik saylovi arafasida internetga kiriş çeklandi. Hoster xosting-provayderning xabar berişiça, 25-27 yanvar kunlari Belarus saytlariga xorijdan kiriş mamlakat prezidenti huzuridagi Operatsion-tahlil markazi qarori bilan bloklanadi. Bu axborot infratuzilmasi uçun muayyan tahdidlar bilan izohlanmoqda. Oqibatda Belarusdan taşqaridagi foydalanuvçilar ayrim saytlarga kira olmasligi va mamlakat içida esa internet sekinlaşişi mumkin.

Özgarişlar arzon virtual xosting xizmatlarida joylaştirilgan resurslarga ta’sir qildi. Odatda bu kiçik kompaniyalar yoki taşkilotlarning veb-saytlari, lekin ba’zida murakkab server yeçimlarini talab qilmaydigan yirik veb-saytlar ham bor.

Bundan taşqari, Belarusda Twitch, Steam, Reddit va Telegram kabi xorijiy platformalarga, şuningdek, VPN xizmatlariga kirişda muammolar yuzaga keldi. Vikipediyaga kiriş bir yarim soat davomida öçirib qöyildi, biroq keyinroq tiklandi.

Mamlakatda prezidentlik saylovi 26 yanvar, yakşanba kuniga belgilangan. Taxminan öttiz yil davomida hokimiyatda bölgan Aleksandr Lukaşenko yettinçi muddatga saylanişi kutilmoqda. Uning tört nafar raqibidan ikki nafari allaqaçon uning ğalabasini tan olgan. Norozilik namoyişlari bilan keçgan 2020 yilgi saylov paytida butun mamlakat böylab internet çeklab qöyilgan edi. Keyinroq Lukaşenko bunday qarorlarni şaxsan özi qabul qilganini va yangi ommaviy norozilik namoyişlari bölsa, bu çoralarni takrorlaşga tayyorligini tan oldi.