25 yanvar kuni Qirğiziston respublikasi prezidenti Sadir Japarov Özbekistonga keldi.

Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatidagi "Amirsoy" kurort majmuasida Qirğiziston prezidenti bilan norasmiy uçraşuv ötkazdi.

Yetakçilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, şuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almaşdilar.

Qirğiziston prezidenti toğ-çanği majmuasida yaratilgan şaroitlar va uning jahonning yuksak standartlariga mos zamonaviy infratuzilmasini yuqori baholadi.

Özbekiston va Qirğizistonda mamlakatlarimizning noyob geolandşafti va xilma-xil tabiatini hisobga olgan holda kurort-rekreatsiya markazlarini taşkil etişga qaratilgan qöşma loyihalarni ilgari surişga kelişib olingan.

«Barçasi yuqori darajada»

Sadir Japarov Facebook’dagi sahifasida «Amirsoy» çanği kurorti haqidagi taassurotlari bilan bölişib, yuqoridan olingan suratlarni joylaştirdi.

«Davlatimiz hududining 94 foizini toğlar egallaydi. Yettita hududimizning har birida şunday kurortlar bölişi mumkin edi. Lekin bizda ular deyarli yöq. Nima uçun? Çunki mustaqillikni qölga kiritganimizdan buyon, oddiy odamlardan tortib prezidentlargaça biz faqat siyosat bilan şuğullandik. Har kuni mitinglar ötkazdik, har kuni töylar böldi. Iqtisodiyot, turizm va boşqa muhim sohalarga e’tibor bermadik», – degan Qirğiziston prezidenti.

«Amirsoy» toğ-çanği bazasiga qarab, lol qoldim. Hamkasbim Şavkat Mirziyoyev bu bazani noldan yuqori darajada qurib çiqibdi. Gap yöq. Barakalla. Qançadan qança odamlar iş bilan ta’minlangan. Millionlab turistlar bu yerga dam oliş uçun kelişmoqda. Servis darajasi Yevropanikidan qolişmaydi. Hammasi yuqori darajada», – deya yozadi Sadir Japarov.