Rossiya va Ukraina armiyasi Donbass markazida yangi katta jangga kirişmoqda. Bu butun uruş kulminatsiyasi bölişi mumkin
|00:09 / 27.01.202531 53712 min
Wolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida PressWolfgang Schwan / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donbass janubidagi janglar yakuniga yetmoqda. Rossiya qöşini oy boşida Kuraxovoni öz nazoratiga olgandi, yaqin kunlar içida Ukraina qurolli kuçlarining yana bir muhim «qal’asi» — Velika Novosilkani egallab olişni közlagan. Ammo ammo bu amaliyot yakunlanmasidan regionda yangi katta jang boşlanadi — Donbassning markaziy qismi uçun. U butun uruşning kulminatsiyasiga aylanişi mumkin. Şu vaqtga qadar Donetsk oblasti markazi va şimolida (şuningdek, Xarkiv va Luhansk oblastlarining unga tutaş hududlarida) RF qurolli kuçlari harakatlari muvofiqlaştirilgan guruhlar orqali hujum uyuştirmagandi. Endi bu amaliyotlar Slovyansk va Kramatorsk aglomeratsiyasini 2025 yil oxiriga qadar egallab oliş maqsadidagi katta yurişga birlaştirilişi mumkin.
Velika Novosilka
Rossiya qöşini Velika Novosilkani qurşovga oliş jarayonini yakunlagan — bu muhim rayon markazi va Ukraina qurolli kuçlari «qal’asi» bölib, undagi garnizon Donetsk, Dnipropetrovsk va Zaporijjya oblastlari tutaşgan hududni himoya qiliş uçun joylaştirilgan. Yanvar oyi örtalarida RF qurolli kuçlarining posyolkaga janubi-ğarbdan yaqinlaşgan guruhi Neskuçne va Vremevka qişloqlarini egalladi. Bu esa Ukraina qurolli kuçlarining Velika Novosilkani «katta yer»dan (Ukrainaning asosiy hududi) ajratib turuvçi Mokriye Yali daryosi orqali keçuvlar örnatiş imkoniyatini yöqqa çiqardi.
Rayon markazi bir neça oy oldinroq şimolda Ukraina qurolli kuçlarining asosiy guruhidan ajratib qöyilgan: ukrainlarning qarşi hujumlarini qaytargan RF qurolli kuçlari daryo böyidagi Noviy Komar qişloğiga çiqişgan. Ukraina qurolli kuçlari Velika Novosilkada qança kuç qoldirgani oxirigaça aniq emas, ammo, ular katta ehtimol bilan rossiyaliklar şturmiga bardoş berolmaydi. RF qurolli kuçlari bir neça haftalik tin olişdan söng rayon markazining şarqiy çekkalariga kirişga muvaffaq bölgan.
Katta ehtimol bilan, Velika Novosilkadagi kiçik garnizon posyolkani tark etişga ulguradi. Ammo ukrain harbiylari çekinişda katta yöqotişlarga uçraşi mumkin, ayniqsa texnikalar va oğir qurollarni qoldirib ketişga töğri keladi: Ukraina qurolli kuçlarining 2003 yilda uşbu hududda amalga oşirgan yurişi vaqtida — ob-havo nisbatan qulay bölgan yoz oylarida — Mokriye Yalini keçib ötişga uriniş çoğida tanklar va boşqa texnikalar çökib ketgandi.
Velika Novosilka egallanişi Rossiyaning «Şarq» guruhiga ukrain qöşinini oldinroq «Markaz» guruhi tomonidan egallangan Kuraxovo şahri çekkalaridan ğarbga çekinişga majbur qilib, Donetsk — Zaporijjya trassasiga keng frontda yuriş qilişga imkon beradi.
Mavzuga oid
Kuraxovo
Ukraina qöşini 31 dekabr kuni Kuraxovodagi umidsiz pozitsiyalarini taşlab çiqqanidan keyin ham yengil tortgani yöq: mazkur hududdagi guruh hamon qurşov xavfi ostida qolmoqda.
Kuraxovodan ğarbdagi mudofaa çiziqlari endi Volçya (şimolda) va Suxiye Yali (janubda) daryolari böylab ötmoqda. Muammo şundaki, Kuraxovodan 12 kilometr masofada Suxiye Yali Volçyaga quyiladi. Rossiyaning ikki guruhi esa aynan quyiliş joyidagi Andreyevka va Konstantinopol qişloqlari tomon intilmoqda.
Şimolda Volçya böylab yuriş qilayotgan RF qöşini allaqaçon Şevçenko va Petropavlovka qişloqlarini egallab, Andreyevka çekkalariga yetib kelgan. Janubdagi guruh esa Suxiye Yalini şu nomdagi qişloq hududida keçib ötgan, şuningdek Konstantinopolga juda yaqinlaşib kelgan. Kuraxovodan çiqqan rus qöşini esa ukrainlarning Daçnoye qişloği hududidagi pozitsiyalarini şturm qilmoqda.
Katta ehtimol bilan, Ukraina qurolli kuçlari Donetsk — Zaporijjya trassasi böylab yanada ğarbga ketişiga töğri keladi. Şu bilan birga, ularga şimoldan va janubdan (Velika Novosilka tomondan) zarba berilişi xavfi saqlanib qoladi. Ukraina qöşini qaçon va qayerda barqaror mudofaani tiklaşi va qurşov xavfidan qutulişi ayon emas.
Köp narsa Rossiya qömondonligi Janubiy harbiy okrugning 8-umumqöşin armiyasidan qayerda foydalanişiga boğliq, bu armiya ötgan yil oxirida Kuraxovoga janubi-şarqdan hujum qilgandi. Ikkita kuçli va tajribali motoöqçilar diviziyasidan tarkib topgan armiya Vuhledar va Kuraxovoga hujum qiliş uçun «Şarq» qöşinlar guruhiga biriktirilgandi. Endi bu vazifalar bajarilgan, demak unga yangi vazifalar berilişi kerak. Armiya «Şarq» qöşinlar guruhi tarkibida qolişi va undagi boşqa bölinmalar bilan birgalikda Donetsk — Zaporijjya trassasi böylab Janubiy harbiy okrugning Zaporijjya oblastida harakatlanayotgan 58-armiyasi bilan uçraşguniça yuriş qilişi mumkin. Şuningdek, 8-armiyaning diviziyasi RF qurolli kuçlarining şusiz ham kuçli bölgan «Markaz» guruhi bilan şimolga — Pokrovskdan Çasiv Yarga qadar bölgan front çiziği böylab hujumga ötişi ham mumkin. Bunday amaliyotdan maqsad — Kramatorsk — Slovyansk aglomeratsiyasiga çiqiş böladi.
Pokrovsk
RF qurolli kuçlari dekabr oyida Ukraina qurolli kuçlari bor e’tiborini Kuraxovo hamda Pokrovsk janubidagi hududlar mudofaasiga qaratganidan foydalanib, uşbu ikki şahar oraliğidan zarba berdi.
Ukraina qöşini uşbu yurişni qarşi hujumlar bilan töxtatişga urindi, ammo bunga ulgurmadi. Rossiya bölinmalari Solenaya daryosini keçib ötib, Pokrovsk ğarbiy çekkasidagi sanoat zonalariga yaqinlaşdi.
Hozirda Pokrovsk 7–12 kilometr masofadagi Kotlino va Udaçnoye posyolkalari atrofidagi kon komplekslari va kokskimyo korxonalar uçun janglar ketmoqda. Sanoat binolari va konlar terrikonlari mudofaa marralari uçun qulayligiga qaramay, RF qurolli kuçlari hozirgi uruş uçun nisbatan tez sur’atlarda maqsad sari harakatlanmoqda — ular Pokrovskni Ukrainaning markaziy qismi bilan boğlovçi Ye50 Dnipr (şahri) — Donetsk trassasiga çiqiş uçun harakatlanmoqda.
Şu bilan birga, RF qurolli kuçlari Solenaya böylab yanada ğarbga yurmoqda. Bu esa ukrainlar mudofaasini uzaytirmoqda. Agar Rossiya armiyasi trassaga Kotlino va Udaçnoye orqali çiqa olmasa, buni boşqa joyda qilişga ham urinib körişi mumkin.
RF qurolli kuçlarining boşqa bir guruhi yarim yillik harakatsizlikdan keyin faollaşib, Vozdvijyenka qişloğini egallagan va Pokrovskdan şarqda Ye50 trassasiga çiqqan.
Rus qöşini şahardan ğarbda ham Dniproga olib boruvçi yölni tösib qöya olsa, Pokrovsk mudofaasi keskin yomonlaşadi. Şundan keyin töğridan töğri Pokrovsk — Mirnograd (uruşga qadar aholisi soni qöşni posyolkalar bilan qöşib hisoblaganda — 150 mingdan ortiq bölgan) aglomeratsiyasi uçun jang boşlanadi.
Örtaga köp narsa tikilgan: Pokrovsk egallanişi RF qurolli kuçlariga ham Dnipro tomon, ham Donetsk oblasti şimoliy hududlariga yöl oçadi.
Toretsk va Çasiv Yar
Rossiyaning köp oylar davomida Toretsk va Çasiv Yarni şturm qilib turgan qöşinlari yangi yilga kelib vazifani bajarişga yaqinlaşdi. Bu şaharlar atrofidagi janglar Donetsk oblasti janubidagi yurişdan butkul farqlanadi. RF qurolli kuçlari tepaliklarda joylaşgan Çasiv Yardan ukain bölinmalarini siqib çiqariş uçun bir yildan ortiq vaqt davomida harakat qilmoqda. Toretsk aglomeratsiyasi uçun köça janglari esa 2024 yil yozida boşlangandi. Bu şaharlarda oldingi siljiş haftasiga bir neça yuz metrdan oşmagan.
Toretskdagi janglar şaharning konlar va ularning terrikonlari joylaşgan şimoliy va şarqiy çekkalarida keçmoqda. Aholi yaşaş kvartallari esa allaqaçon RF qurolli kuçlari qöliga ötgan. Ukraina qurolli kuçlarining qarşilik öçoqlari — temiryöl va uning yoqasida, şahar ğarbida joylaşgan sanoat zonasi bölib qolmoqda.
Çasiv Yarda RF qurolli kuçlari Ogneuporniy kombinati hududini egallagan — bu Ukraina qurolli kuçlarining şahardagi asosiy istehkomi edi. Bunga Rossiya qöşini ukrainlarning kombinatga ta’minot yölini kesib qöyib, şaharga şimoldan bostirib kiriş orqali erişildi. Endi janglar bir vaqtlar Çasiv Yar markazi bölgan xarobalarda keçmoqda.
Katta ehtimol bilan, yaqin oylar içida Rossiyaning Toretsk va Çasiv Yarga hujum qilayotgan guruhlari bir vaqtning özida yirik Konstantinovka şahriga yaqinlaşadi — bu Kramatorsk — Slovyansk aglomeratsiyasining eng janubida joylaşgan aholi yaşaş punktidir.
Ukraina qurolli kuçlarining bu yönalişdagi muammolari köp jihatdan bu yerdagi qöşinlarning bir qismi frontning boşqa uçastkalari, jumladan, Kursk oblastiga olib ketilgani tufayli böldi.
Kupyansk va Liman yönalişlari
RF qurolli kuçlari Kramatorsk va Slovyanskka şimoldan yaqinlaştirişi kerak bölgan amaliyotni davom ettirmoqda. Ammo hozirgi ilgarilaş sur’atlari bu vazifani 2025 yilda bajariş uçun umid bermaydi.
Rossiya qöşini Ukraina qurolli kuçlarini hududni şimoldan janubga qarab kesib ötuvçi Oskol daryosi ortiga çekintirişga urinmoqda. Kuzda ular Kupyanskdan janubda daryo böyiga yetib kelgandi, ammo ötgan vaqt içida bu muvaffaqiyatini rivojlantira olmadi.
Kupyanskning şarqiy sohildagi qismini zirhli texnikalar bilan egallaş uçun urinişlar ham muvaffaqiyatsizlikka uçragan.
Endi rus qöşini Oskolga janubdagi Tern va Makiyivkadan şimoldagi Borovayaga qadar bölgan keng front böylab yetib kelişga urinmoqda.
Bundan taşqari, RF qurolli kuçlari Oskolni keyin daryoning ğarbiy sohili böylab janubga yuriş uçun Kupyanskdan şimolda ham keçib ötgan. Ukraina qurolli kuçlari bir neça haftadan buyon uşbu platsdarmni bartaraf eta olmayapti, ammo uning kengaytirilişiga ham yöl qöymayapti.
Ukraina qurolli kuçlarining bu yönalişdagi muammolari ham bu yerdagi eng jangovar bölinmalar frontning boşqa uçastkalariga olib ketilgani bilan boğliq.
Kursk oblasti
Ukraina qurolli kuçlari kuzgi muvaffaqiyatsizlik va çekinişdan keyin Sudja rayoni markazi atrofida mustahkam himoya çiziği yaratişga muvaffaq bölgan. Kuz davomida va qişning ilk oylarida front çiziği taxminan ikki barobarga qisqardi. Va endi ukrain qöşinining bu hududdagi tiğiz joylaşuvi (töqnaşuv çiziğining örtaça bir kilometrini bir batalyon himoya qilmoqda va bu batalyonlarning köpçiligi — Ukraina qurolli kuçlaridagi eng jangovar tuzilmalar sirasiga kiradi) butun frontdagi eng yuqorisi bölib turibdi.
Rossiya guruhi ham asosan havo desant qöşinlari va dengiz piyodalarining eng yaxşi bölinmalaridan tarkib topgan. Ammo Donbass janubidagi vaziyatdan farqli ölaroq ular bu frontda son jihatdan raqibdan katta ustunlikka ega emas.
Rossiya yurişining dastlabki oyidan keyin Ukraina qurolli kuçlari mudofaasida bir neça öta muhim punktlar borligi oydinlaşdi: platsdarm şimolidagi mudofaa qurilgan Malaya Loknya; uning janubi-ğarbiy qismida, Ukraina bilan çegaradagi Sverdlikovo; Sudjaning janubiy çekkalari.
RF qurolli kuçlari uçala punktni ham egallaşga urinmoqda. Ayniqsa Malaya Loknya atrofida oğir janglar keçmoqda, bu yerda pozitsiyalar köp marta qöldan qölga ötmoqda. Sudjadan janubda Rossiya qöşini Ukraina qurolli kuçlarining Maxnovkadagi qarşi hujumlari bilan töxtatilgan.
RF qurolli kuçlari Sverdlikovoga yangi yönalişdan hujum boşlagan — bu safar Kursk oblastining Ukraina bilan çegarasi böylab harakat qilinmoqda. Rossiya qöşini Kursk oblastidagi Nikolayevo-Darinoni qaytarib olgan va Ukrainaning Sumi oblasti bilan çegarani kesib ötgan.
Rossiya qöşini Sudjaga yaqinlaşgani sari ukrainlar qarşiligi faqat kuçayib bormoqda. Ammo butun front böylab Ukraina qurolli kuçlariga jangovar kuçlar yetişmayotgani inobatga olinsa, kiçik hududda ikki tomonning eng yaxşi tuzilmalari iştirokidagi qirğinbarot Kreml uçun köproq foydali böladi.