Enter Engineering kompaniyasining rossiyalik xodimi tuman bandlik bölimiga qilgan murojaatidan keyin tölanmay kelinayotgan iş haqini undirişga muvaffaq böldi.
Bandlik vazirligining xabar berişiça, 13 yanvar kuni Enter Engineering korxonasi xodimi Ilya Puts 2024 yil iyun oyidan noyabr oyiga qadar tölanmay kelinayotgan oylik iş haqini undirişda amaliy yordam sörab, Çilonzor tumani Bandlik bölimiga murojaat qilgan.
“Murojaat belgilangan tartibda örganib çiqilib, xodimga 57 ming AQŞ dollari miqdoridagi oylik iş haqi va hisob-kitob pullari undirib berildi”, – deyiladi xabarda.

Kompaniya saytida körsatilişiça, Ilya Puts Farğona neftni qayta işlaş zavodining rekonstruksiya va modernizatsiya loyihasiga rahbarlik qilgan.
Eslatib ötamiz, Enter Engineering kompaniyasining köplab xodimlari iş haqi vaqtida berilmasligidan tez-tez şikoyat qilib keladi.
2024 yilning noyabr oyida ham uşbu kompaniyaga bevosita va bilvosita aloqador taşkilot xodimlari Kun.uz'ga murojaat qilib, bir neça oydan beri maoş tölanmayotganini aytişgandi.
“May oyidan beri oyliklarimiz yöq. Faqatgina may, iyun, iyul oyliklaridan ozgina berişdi, 2-3 mlndan. Bu pul nima böladi oilali odam uçun. Avgust, sentabr, oktyabr oyliklari töliq turibdi. Davlatdan kredit olsangiz, 1 kun keçiksa penya tuğadi. Lekin bizning oylik oylab berilmasa ham heç kimning işi yöq”, – deyilgan edi murojaatda.
Ma’lumot uçun, Enter Engineering 2012 yilda taşkil etilgan bölib, muqaddam “Gazprombank” nazoratida bölgan. Kompaniya neft va gaz, sanoat va fuqarolik obektlarini loyihalaş, yetkazib beriş, quriş va işga tuşiriş böyiça xizmatlar körsatadi.













