Rişton an’anaviy kulolçiligi tarixi nodavlat muzeyi taşkil qilinadi.

Quyidagilar muzeyning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • muzey aşyolari va kolleksiyalarini aniqlaş, töplaş va saqlaş;
  • madaniy, ma’rifiy, ilmiy va ta’lim faoliyatini amalga oşiriş;
  • yoşlarni “ustoz-şogird” an’analari asosida kulolçilik hunariga örgatiş;
  • kulolçilikning boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritiş;
  • ekspozitsiyalarni taşkil etişda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalaniş;
  • çet el muzeylari bilan körgazmalar taşkil etiş borasida özaro manfaatli hamkorlik örnatiş.

Muzeyni taşkil etiş böyiça işçi guruh tasdiqlandi va uning asosiy vazifalaridan biri etib, muzey konsepsiyasini işlab çiqiş, tasdiqlaş hamda muzey faoliyatini yölga qöyiş belgilandi.

2025 yil 1 aprelga kadar muzeyga ajratilgan binoning toifasi muzey faoliyatiga töliq moslaştiriladi.