Astronomlar 2032 yil 22 dekabrda sayyoramiz bilan töqnaşişi mumkin bölgan 2024 YR4 nomli yangi asteroidni topdilar. Uning diametri taxminan 60 metrni taşkil qiladi va töqnaşiş ehtimoli 1/83 nisbatida baholanadi.

Obekt hozir Yerdan taxminan 43 million kilometr uzoqlikda. NASA hisob-kitoblariga köra, 2032 yilda u 106 ming kilometr masofaga - Oygaça bölgan masofaning uçdan bir qismiga yaqinlaşadi. Biroq, hisob-kitoblardagi noaniqliklar tufayli, trayektoriyaning töğridan-töğri töqnaşuvga olib kelişi ehtimoli bor.

Agar asteroid atmosferaga kirsa, u 1908 yildagi Tunguska meteoritiga öxşaş kuçli havo portlaşiga olib kelişi mumkin. Şunda zarba tölqini 2 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydondagi örmonlarni vayron qilgan edi. Agar 2024 YR4 ziçroq va temirga boy bölsa, u yer yuzasida ulkan kraterni qoldirişi mumkin.

Asteroid allaqaçon Yevropa kosmik agentligi va NASA tomonidan tuzilgan eng katta zarba xavfi bölgan obektlar röyxatida birinçi öringa qöyilgan. Turin tahdid şkalasi böyiça u 3 ball reytingga ega, ya’ni diqqat bilan kuzatuvni talab qiladi.

Ammo astronomlar vahima qilmaslikka çaqirmoqda. 2028 yilda u Yerga (sakkiz million kilometr masofaga) yaqinlaşadi va bu olimlarga uning hajmi, tarkibi va trayektoriyasini aniqroq aniqlaş imkoniyatini beradi.

Mutaxassislar töqnaşuv ehtimolini aniqlaş uçun fevral oyigaça kuzatişlarni davom ettiradi. Biroq, yakuniy xulosalar faqat 2028 yilga yaqinroq çiqarilişi mumkin.