Özbekistonda 1 apreldan e’tiboran ayrim turdagi dori-darmonlarni import qilişda bojxona bojlari joriy etilmoqda. Bu prezidentning 28 yanvardagi farmatsevtika tarmoğini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisidagi farmonida nazarda tutilgan.

Hujjat bilan 2018 yil 29 iyundagi import tovarlar uçun bojxona bojlari belgilangan qarorga özgartirişlar kiritilmoqda.

3004 (tovarning taşqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi böyiça kodi) pozitsiyadagi tovarlar uçun boj stavkasi 0 foiz darajasida bölgan bölsa, endi unga 2 foiz miqdorida boj joriy etiladi.

Uşbu toifaga terapevtik yoki profilaktik maqsadlarda foydalaniş uçun aralaş yoki aralaşmagan mahsulotlardan taşkil topgan, dozalangan dori şakli şaklida qadoqlangan (şu jumladan transdermal tizimlar şaklidagi dori vositalari) yoki çakana savdo uçun şakl yoki qadoqlangan dori vositalari (3002, 3005 yoki 3006 tovar pozitsiyalari tovarlaridan taşqari) kiradi.

Tovarlarni tavsiflaş va kodlaşning uyğunlaştirilgan tizimiga (HS Code) köra, 3004 kodiga kiruvçi preparatlarga quyidagilar misol böladi:

  • tayyor şakldagi antibiotiklar;
  • oğriq qoldiruvçi va yalliğlanişga qarşi dorilar;
  • virusga qarşi preparatlar;
  • gormonal dori vositalari;
  • kardiologik preparatlar;
  • qandli diabetga qarşi dorilar;
  • antigistamin preparatlar;
  • ösmaga qarşi vositalar;
  • dori vositasi maqomiga ega vitaminlar va biologik faol qöşimçalar.

3004 kodiga kirmaydigan preparatlar:

  • zardob, vaksinalar va qon preparatlari (3002);
  • dori plastirlari va boğlov materiallari (3005);
  • kontrast moddalar va diagnostik reaktivlar (3006).

3004 kodi yakuniy iste’molçiga möljallangan dori vositalarini bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazişda qöllaniladi (3003 kodi ostida yuritiladigan farmatsevtik substansiyalardan farqli ölaroq).