Dunyoga maşhur ChatGPT til modelini yaratuvçi OpenAI dasturçi kompaniyasi vakillari yangi raqobatçisi - Xitoyning DeepSeek sun’iy intellekt kompaniyasini öğirlikda aybladi. Bu haqda Financial Times (FT) xabar berdi.
Texnik mutaxassislarga köra, gap modellarni tayyorlaş uçun zarur vosita bölgan «distillaş» deb ataladigan vosita haqida ketmoqda. Oddiy qilib aytganda, ilgari noma’lum va SI sohasida işlaydigan kiçik kompaniyalar kattaroq va kuçliroq neyron tarmoqlarning hosil bölgan bloklaridan olingan özga işlanmalardan foydalanadi. Şu sababli DeepSeek kabi modellar ChatGPT natijalariga erişiş uçun kamroq resurslarni talab qiladi.
Qiziği şundaki, «distillaş» sun’iy intellekt sohasida ğayrioddiy yoki innovatsion narsa emas, lekin OpenAI yuridik jamoasi bunday harakatni raqobatdoş ma’lumotlar modellarini yaratişda foydalanişni taqiqlagan. FT naşrining OpenAI kompaniyasidagi manbasining ta’kidlaşiça, hammani hayratda qoldirgan DeepSeek çatbotining yaratuvçilari bu taqiqni çetlab ötişga qaror qilgan.
Avvalroq, Xitoyning DeepSeek startapi yangi sun’iy intellekt modelini taqdim etişi global moliya bozorini larzaga solgan, oqibatda Nvidia, OpenAI, Microsoft va Google kabi yirik texnologik kompaniyalar aksiyalari narxi keskin tuşib ketgan edi.
2025 yil 20 yanvarda DeepSeek özining DeepSeek-R1 va DeepSeek-R1-Zero kabi innovatsion modellarini taqdim etdi. Uşbu modellar 671 milliard parametrga ega bölib, yuqori samaradorlik körsatgan. Model boşqa yirik modellar bilan soliştirganda 11 barobar kamroq hisoblaş quvvatini talab qiladi. Tahlilçilarga köra, DeepSeek R1 barça asosiy mezonlarda OpenAI'ning ChatGPT o1 modelini ortda qoldirgan. Bundan taşqari, u mutlaqo bepul va API bilan işlaş bir neça baravar arzon.












