Pentagon Trampni faşist deb atagan general Millini qöriqçilar va boşqa imtiyozlardan mahrum etdi
Pentagonning yangi rahbariyati qaroriga köra, Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasining iste’fodagi raisi general Mark Milli şaxsiy qöriqçilar va boşqa imtiyozlardan mahrum qilindi. U muqaddam AQŞ prezidenti Donald Tramp manziliga tanqidlar yoğdirgandi.
Yangi mudofaa vaziri Pit Hegsetning sözlariga köra, bu buyruq uning yangi lavozimdagi dastlabki qadamlardan biri bölgan. U şuningdek rasmiy tuzilmalarga general Millining «harakatlari»ni tekşiriş va uning harbiy unvonini qayta körib çiqiş sörovi bilan murojaat etgan.
General Milli Trampning oldingi prezidentligi davridan boşlab Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi lavozimini (bu AQŞdagi eng yuqori harbiy lavozim) egallagan, ammo keyinroq uni bir neça bor tanqid qilgan va hatto intervyularidan birida uni faşist deb atagan.
Jo Bayden ma’muriyati davrida Eron amerikalik harbiylar tomonidan öldirilgan general Qosim Sulaymoniy uçun qasos olişini e’lon qilgaç, Milli şaxsiy qöriqçilar bilan ta’minlangandi.
Avvalroq Tramp ma’muriyati ilgari prezident haqida salbiy fikrlar bildirgan boşqa qator taniqli şaxslarni ham qöriqçilardan mahrum etgandi.
Tramp ötmişda general Millini özining dastlabki prezidentlik muddatining sönggi haftalarida Xitoy harbiy qömondonligi vakillari bilan telefon orqali muloqot qilgani uçun davlatga xiyonatda ayblagandi.
Trampning versiyasiga köra, general Milli qönğiroqlardan birini Xitoyni AQŞ yadroviy zarba bermasligiga işontiriş uçun amalga oşirgan. Ijtimoiy tarmoqlarda prezident buni «eski zamonlarda ÖLIM bilan jazolangan harakat» deb atagan.
The Washington Post’ning yozişiça, öşanda general xitoylik hamkasbi Li Tszoçen bilan ikki marta boğlanib, uni AQŞ Xitoyga hujum qiliş niyatida emasligi, şunday bölgan taqdirda, bu haqida ogohlantirişiga işontirgan. General AQŞ Xitoyga zarba berişga tayyorlanayotgani va şuning uçun Pekin birinçi navbatda hujum qilişi mumkinligi haqidagi razvedka ma’lumotlariga tayanib, şunday yöl tutgan.
Milli esa öşa vaqtdagi telefon muloqotlari AQŞ mudofaa vaziri bilan kelişilgan holda amalga oşirilganini aytgan.
Keyinroq Bob Vudvordning 2024 yilda e’lon qilingan «Uruş» nomli kitobida general Milli Trampni «suyak suyagigaça faşist» va «bu mamlakat [AQŞ] uçun eng xavfli inson» deb atagan.













