Tojikistonning ötgan yili jami elektr energiyasi eksporti 2 milliard 478 million kilovatt·soatdan ortiqni taşkil qildi, deb xabar berdi mamlakat Energetika va suv xöjaligi vazirligiga tayanib Asia-Plus. Bu 2023 yilga nisbatan qariyb 204 million kVt·soat yoki 7,8 foizga kam.
Eng köp elektr energiyasi Afğonistonga yetkazilgan - 1 milliard 530,4 million kVt·soat, qiymati 705,2 million somoniy (≈64 mln dollar). Bu mamlakat uçun har bir kilovatt energiya 4,2 sent qiymatga teng bölgan.
Özbekistonga 943,9 million kVt·soat eksport qilingan, qiymati 201,2 million somoniy (≈18 mln dollar). Har bir kilovatt narxi taxminan 2 sent bölgan.
Qayd qilinişiça, 2024 yilda eksport qilingan elektr energiyasi Tojikistonda işlab çiqarilgan elektr energiyasining 11 foizdan sal köproq qismini taşkil etgan. Ötgan yili respublikada qariyb 22 milliard 428 million kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi.
Tojikiston Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2024 yilda respublika taxminan 113 million dollarlik elektr energiyasini eksport qilgan, bu 2023 yilga nisbatan 2,4 foizga köpdir.
2024 yilda respublika eksportining umumiy hajmida elektr energiyasi yetkazib beriş uluşi 5,8 foizni taşkil etgan.
Ta’kidlanişiça, kuz-qiş mavsumida Tojikistonning özi energiya ta’minoti bilan boğliq muammolarga duç kelganda, elektr energiyasi faqat Afğonistonga kiçik hajmda – liniyalar va boşqa infratuzilma jihozlarining işlaşini ta’minlaş uçun yetkazib beriladi. Özbekiston bilan şartnoma faqat yozgi davrda yetkazib beriş uçun möljallangan.

















