Ispaniyadagi Rheinmetall zavodida portlash: jabrlanganlar bor
Ispaniyadagi Germaniyaning Rheinmetall konserniga qarashli harbiy zavodda portlash yuz berdi. Yong‘in 2000 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Olti kishi jarohatlangan. Portlash sabablari aniqlanmoqda.

Foto: AFP
Ispaniyaning Mursiya provinsiyasida Germaniyaning Rheinmetall mudofaa kompaniyasiga qarashli harbiy zavodda portlash sodir bo‘ldi. 30 yanvar, payshanba kuni AFP xabariga ko‘ra, olti kishi jarohatlangan.
Ispaniya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, favqulodda holat mahalliy vaqt bilan 16:20 (Toshkent vaqti bilan 20:20) atrofida portlovchi moddalar saqlanadigan zavod omborida yuz bergan. Yong‘in o‘chirilishidan oldin taxminan 2000 kvadrat metr maydonga tarqaldi. Olti nafar ishchi jarohatlangan. Ulardan biri, 52 yoshli erkak boshidan jarohat olgan. Jabrlanganlarning besh nafari shifoxonaga yetkazilgan, biriga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Portlash sabablari aniqlanmoqda.
Portlash sodir bo‘lgan zavod Germaniyaning Rheinmetall Expal Munitions konserni bo‘linmasi tarkibiga kiradi. U artilleriya o‘q-dorilari, minomyot snaryadlari va o‘rta kalibrli raketalar, shuningdek, raketa sigortalari va harakatlantiruvchi tizimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Rheinmetall va Leonardo birgalikda tanklar ishlab chiqaradi
Germaniyaning Rheinmetall va Italiyaning Leonardo qurol konserni tanklar ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona yaratmoqda. Bu haqda 15 oktyabr kuni Rimda bosh direktorlar Armin Papperger va Roberto Chingolani ma’lum qildi. Hamkorlarning har biri korxonada 50 foiz ulushga ega bo‘ladi. Birinchi bosqichda kompaniya faoliyati 60 foizi Italiyada joylashgan bo‘ladi.
«Bu Yevropa mudofaa tizimini yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir», — deydi Chingolani. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shma korxona uning «yadrosiga» aylanishi mumkin.
Korporatsiya birinchi navbatda Italiya qurolli kuchlarining ko‘p milliard dollarlik buyurtmalarini bajaradi, ammo boshqa bozorlarga yetkazib berish ham ko‘zda tutilgan. Yangi tizimlar uchun asos Panther jangovar tanki va Leonardo o‘z texnologiyalari bilan to‘ldiradigan Rheinmetall kompaniyasining Lynx piyoda jangovar mashinasi bo‘ladi.
«Qo‘shma korxona bo‘yicha birinchi shartnoma shu yil oxirida yoki 2025 yilning birinchi choragida tuzilishi kerak», dedi Papperger. Gap 20 milliarddan 25 milliard yevrogacha bo‘lgan ta’minot haqida ketmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.
Papperger avvalroq Yevropa qurol arsenalini yaratish mavzusiga to‘xtalib o‘tgan edi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
-
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 12:20
-
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:07
-
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov
Iqtisodiyot | 11:59
Mavzuga oid

20:56 / 17.03.2025
Madrid Rossiyaning 65 nafar fuqarosiga yashash guvohnomalarini berishdan bosh tortdi

14:20 / 13.03.2025
Ispaniyada kir yuvish mashinasiga tiqilib qolgan qiz qutqarildi

19:24 / 23.02.2025
Ispaniyada odam savdosi bilan shug‘ullangan yirik tarmoq fosh etildi

22:23 / 19.02.2025