HAMAS lideri Yahyo Sinvar ötgan yil oktyabr oyida öldirilgani esingizda bölsa kerak. Öşanda Isroil uning oxirgi lahzalarini körsatgandi. Şu kunlarda Sinvarning avval heç qayerda e’lon qilinmagan videolari tarqaldi. Kadrlar HAMAS jançilari tomonidan olingan.
Kadrlarda Sinvar Ğazo vayronalarida yurgani körinadi. Uning qölida esa öşa maşhur Isroil droniga otilgan tayoq. HAMAS lideri ustiga mato taşlab olgan va katta ehtimol şu orqali uni dron tanib olişidan himoyalangan.
Bu video Isroil tarqatgan köplab bayonotlarni şubhaga qöyadi. Isroilliklar HAMAS lideri Ğazo tunnellarida yaşirinib yurgani, asirlardan esa jonli qalqon sifatida foydalangani haqida gap tarqatişgandi. Biroq HAMAS jangçilari olgan videoda Sinvar vayronalar orasida harakatlanib, TSAHALga qarşi operatsiyalarni boşqargani körinadi. Kadrlardan birida Sinvar isroilliklarning yöq qilingan bronitexnikasiga qarab turgan.
Yana bir kadrda Sinvar HAMAS komandirlaridan bölmiş Mahmud Hamdan bilan Ğazo xaritasiga qarab Isroilga qarşi navbatdagi operatsiyani muhokama qilgan. Qiziği ular gaplaşib turgan kvartira isroillik harbiylar tomonidan tekşirilgan va xavfsiz belgisi qöyilgan.
«Ozodlikning qizil eşigi bor»
Keyinroq HAMASning kanalida Yahyo Sinvarning öşa videodan olingan surati e’lon qilindi. «Ozodlikning har bir qöli qonga botgan taqillatadigan qizil eşigi bor» deb yozilgan öşa postda. Videoda va HAMAS e’lon qilgan postda Yahyo Sinvarning qölida nima uşlab turgani muhokama qilinmoqda. Aftidan HAMAS lideri qölida töpponçaga öxşagan narsa uşlab olgan. Sinvar katta ehtimol bu video qaçondir e’lon qilinişini bilgan va kameraga qarab gapirgan.
HAMASning paradi
Şu kunlarda HAMAS isroillik yana bir neça asirlarni qöyib yubordi va jarayonni juda faol yoritdi. Xususan, Jabaliyadagi lagerda saqlangan isroillik ayol harbiyning Qizil xoç maşinasigaça borişi jonli efirda butun dunyoga körsatildi. Oxirgi ikki asirni qöyib yuboriş jarayonini HAMAS çinakam şouga aylantirib yubordi. Isroillik qizlar HAMASçilar haydab ketayotgan Toyota içida turib arab tilida ularga rahmat aytişdi.
Keyin asirlar matbuot anjumani ötkaziladigan joyga öxşaş minbarga çiqarildi. Isroillik asirlar çiqqan minbarda HAMAS öldirişi kerak bölgan odamlar röyxati ham körinadi. Markazda Binyamin Netanyahu, yonida esa Hersi Halevi, Yoav Goland kabi harbiylar. U yerda asirlarga HAMAS vakillari maxsus muhr urib sertifikat berişdi. Asirlar köz öngida HAMAS köplab yangi a’zolarni ham qabul qilib, ularning boşiga yaşil boğiçlar boğlandi.













