Rossiya Ta’lim vazirligi maktabga qabul qiliniş vaqtida rus tilini biliş böyiça testni topşira olmagan farzandining qöşimça öqişi uçun şaroit yaratmagan migrantlarni ma’muriy javobgarlikka tortiş taklifini berdi. Bu haqda idora tomonidan testlarni ötkaziş tartibi loyihasida söz boradi.
Hujjatda aytilişiça, agar bola testni muvaffaqiyatli topşira olmasa, unga rus tilini örganiş böyiça qöşimça dasturdan ötiş taklif qilinadi. Bunday öqitiş tizimi uç oy davom etişi va uning xarajatlari ota-ona tomonidan qoplanişi kerak.
Mintaqaviy hukumat hududiy IIV organlari va vasiylik organlariga migrantlarning maktabga qabul qilingan bolalari, şuningdek, kim testni topşira olmagani va qöşimça maşğulotlarga yönaltirilganiga oid ma’lumotlarni yuborişi kerak böladi.
Agar bola testni topşira olmaganidan bir oy ötib, u qöşimça darslarga qatnaşmayotgani aniqlansa, vasiylik organlari çet el fuqarosning turar joyida tekşiruv ötkazadi. Ular IIV va voyaga yetmaganlar bilan işlaş komissiyasini «bolaga ta’lim beriş majburiyatini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik» holati böyiça xabardor qilişi lozim. Öz navbatida ular bolaning ota-onasini ma’muriy javobgarlikka tortadi.
2024 yil dekabrda Rossiya Davlat dumasi Rossiya maktablariga rus tilini biliş böyiça testdan öta olmagan migrantlarning farzandlarini maktabga qabul qilişni taqiqlovçi qonunni qabul qilgandi. Qonunga köra, maktabga qabul qilinişda «bolaning RF hududida qonuniy bölib turgani tekşiriladi». Migrantlarning farzandlari uçun rus tili testini topşiriş bepul böladi.
2024 yilda «Migrant Servis» tahlilçilariga köra, Rossiyani 1 millionga yaqin migrant, asosan, Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston kabi davlatlar fuqarolari tark etgan. 2025 yilda bu tendensiya davom etişi va farazga köra, yana 1 millionga yaqin mehnat migranti xorijda yanada jozibador mehnat şaroitlarini izlab Rossiyani tark etişi mumkin.












