1 fevral kuni soat 18:00 atrofida Kursk oblasti Sudja shahrining Lenin ko‘chasi 7-uy manzilida joylashgan sobiq internat maktabi zarbaga uchradi.
Internat bo‘ylab berilgan zarba haqida birinchilardan bo‘lib mahalliy aktivist Vladimir Sinelnikov xabar berdi, u «voqea joyidagi manba»ga asoslangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sudja rayoni aholisi, «asosan qariyalar va keksalar» saqlangan internat binosiga zarba Moskva vaqti bilan taxminan soat 17:54 da (u keyinroq aniqlik kiritib, boshqa manbalarga ko‘ra — bu bir soatcha keyinroq bo‘lganini xabar qildi) aviabomba kelib tushgan. Yana bir mahalliy aktivist, #yamysudja fleshmobi tashabbuskori Lyubov Prilutskaya esa «Agenstvo» nashriga unda ham xuddi Sinelnikovniki kabi ma’lumotlar borligini aytgan.
Bu xabarlardan ko‘p vaqt o‘tmay Ukraina tomonidan Ukraina qurolli kuchlarining Sudjadagi komendaturasi rahbari Aleksey Dmitrashkovskiy va Ukraina QK bosh shtabi bayonotlar berdi. Dmitrashkovskiy Rossiya qo‘shini internat binosiga zarba yo‘llashi oqibatida 95 kishi xarobalar ostida qolanini ma’lum qilgan.
Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabidan aniqlik kiritishlaricha, zarba Rossiya aviatsiyasi tomonidan soat 17:54 da (Kiyevdagi qishki vaqt Moskvadagidan bir soat ortda) boshqariluvchi aviatsiya bombasini qo‘llagan holda berilan. Harbiylar tasdiqlashicha, aniq maqsadli zarba yo‘llangan, hujum vaqtida binoda tinch aholi vakillari bo‘lgan o‘nlab kishilar joylashgandi, ular evakuatsiyaga tayyorlanayotgan va Rossiya tomoni bu yerda «faqat tinch aholi vakillari» bo‘lganidan xabardor edi.
Keyinroq Ukraina QK bosh shtabi internat bo‘ylab zarba oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lganini xabar qildi. Yana 84 kishi xarobalar ostidan chiqarib olingan, ulardan to‘rt nafari og‘ir ahvolda.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham internat binosi bo‘ylab zarba Rossiya aviabombasi orqali yo‘llanganini aytdi. «Mana Rossiya qanday urush olib boradi — Sudja, Kursk oblasti, Rossiya hududi, evakuatsiyaga tayyorlanayotgan tinch aholi vakillari bo‘lgan internat maktab. <…> Ular o‘nlab fuqarolari bo‘lgan binoni vayron qilishdi», — deya

















