TikTok ijtimoiy tarmoği Qozoğiston rasmiylarining murojaatidan keyin ruslarga nisbatan haqoratli sözlarni öz içiga olgan «You, orislar» qozoqça qöşiğini öçirib taşladi. Bu haqda madaniyat va axborot vazirining örinbosari Yevgeniy Koçetov ma’lum qildi.
«2025 yil 27 yanvarda TikTok onlayn platformasi ma’muriyati tomonidan noqonuniy kontentni öçiriş çoralari körildi», — deyiladi xabarda.
Vazirlik qöşiq yoki uning parçalarini öçiriş sörovini qator platformalarga yuborgan bölib, hisob-kitoblarga köra, uşbu qöşiq «22 ta çet el internet resursida tarqatilgan»: TikTok’da 12 marta, YouTubeʼda — 8 marta, «VKontakte»da esa 2 marta ulaşilgan.
Bundan taşqari, vazirlik Instagramʼdagi QazNews24 satirik akkauntidan qöşiq parçasi e’lon qilingan postni öçirib taşlaşni talab qilgan. Uşbu post sabab yanvar örtalarida sahifa administratori Temirlan Yensebek hibsga olingan edi. Unga qarşi «ijtimoiy, milliy, irqiy, sinfiy yoki diniy adovatni qözğatiş» moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Agar u sudda aybdor deb topilsa, 2 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.
Qozoğistonda «Satira — jinoyat emas» şiori ostida Yensebekni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan namoyişlar bölib ötmoqda. Politsiya departamenti uning hibsga olinişi satirik postlarga boğliq emasligini bildirgan. «Sabab boşqa joyda — u butun boşli etnik guruh vakillariga nisbatan haqorat sifatida ifodalangan, milliy adovatni qözğatuvçi aniq belgilarni öz içiga olgan materialni joylaştirgan», — deyiladi departament izohida.
Orda.kz’ning yozişiça, uşbu kompozitsiya 2000 yillarda yozilgan, uning muallifi kim ekani noma’lum. Qöşiq YouTube va «VKontakte»ga yuklangan, 2022 yildan keyin esa TikTokʼda trendga aylangan.












