Iş haftasining oxirigaça Özbekistoning barça hududlari böyiça yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda Özgidromet agentligi.
Respublikaning ayrim joylariga keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.
Havo harorati asta-sekin kötarilişi davom etadi. Haftaning birinçi yarmida keçalari biroz sovuq bölişi saqlanib turadi. Kunduz kunlari esa havo harorati +8…+11 daraja atrofida böladi.
Çorşanba va payşanba kunlari keçalari 0…+3 daraja, kunduz kunlari +12…+15 daraja bölişi kutilmoqda. Şimolda harorat asosan keçalari 0…–5 daraja, kunduz kunlari +4…+9 daraja böladi.
Toşkent şahrida 3–7 fevral kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 3–4 fevral kunlari keçalari 0…–2 daraja, kunduz kunlari +8…+10 daraja böladi. Harorat 5–7 fevral kunlari keçalari +1…+3 darajagaça, kunduz kunlari +12…+15 darajagaça asta-sekin kötariladi.












