Bugungi kunda Rossiyada 670 ming noqonuniy migrant bölib, ularning yarmidan köpi ayollar va bolalar. Rossiya içki işlar vazirining birinçi örinbosari Aleksandr Gorovoy «Komsomolskaya pravda» gazetasiga bergan intervyusida şu raqamlarni keltirdi.
Uning tuşuntirişiça, bu ma’lumot mamlakatga kirgan, lekin patent olmagan, migratsiya organlarida röyxatdan ötmagan va mehnat şartnomasi tuzmagan xorijliklarga tegişli.
Vazir örinbosarining ta’kidlaşiça, noqonuniy migrantlar 30 aprelgaça Rossiyadagi huquqiy maqomini tartibga solişi kerak. Buning uçun içki işlar organlariga murojaat qiliş, maxsus hisob böyiça tekşiruvdan ötiş, şuningdek, barmoq izlarini topşiriş kerak. Gorovoy sözlariga köra, 1 maydan boşlab migrantlarning öz ixtiyori bilan politsiyaga boriş va ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlarini topşiriş imkoniyati yöqoladi. Muammoni hal etmaganlar deportatsiya qilinadi.
5 fevraldan boşlab boşqarma tizimida nazorat ostidagi şaxslar reyestri işlay boşlaydi, unga Rossiyada noqonuniy bölib turgan barça xorijliklar kiritiladi. Röyxatni kuniga tört marta yangilaş rejalaştirilgan. Axborot oliş imkoniyati oçiq böladi, iş beruvçilar, jismoniy şaxslar va davlat idoralari migrantning maqomini bilib olişi mumkin böladi. Agar xorijlik röyxatga kirsa, unga bir qator xizmatlarni oliş çeklanadi. masalan, işga joylaşiş, bolalarni boğça va maktablarda röyxatga oliş, nikoh va ajraliş, hatto çipta sotib oliş.
«Ammo asosiysi, bu çoralar jazo xarakteriga ega emas. Huquqiy maqomingizni qonuniylaştiring yoki keting», deb tuşuntirdi vazir örinbosari.
5 fevraldan politsiyaga migrantni sudga murojaat qilmasdan mamlakatdan çiqarib yuboriş vakolati beriladi.
Raqamlarga köra, ötgan yili Rossiyaga 9,5 million xorijlik kelgan, bu 2023 yildagi körsatkiçdan 4,5 foizga köp. 9,3 million kişi mamlakatni tark etgan. Bugungi kunda Rossiyada 6,3 million migrant istiqomat qiladi, ularning 80 foizi MDH davlatlaridan.












