Uşbu hafta dunyo siyosatida jiddiy özgarişlar kuzatilişi mumkin. Çunki Amerikaning migrantquvar prezidenti Donald Tramp bir muddat himoyasiz muhojirlar qöl-oyoğiga kişan urişni qöyib taşqi siyosat bilan şuğullanişini anons qildi. Tramp ertaga qalin dösti Binyamin Netanyahuni qabul qiladi. Uning jamoasi Zelenskiy va Putin bilan uçraşuvlar uçun ham tayyorgarlik boşlangan.
Şu uçun uşbu haftadagi voqealarni diqqat bilan kuzatişingizni tavsiya qilaman. Bu borada biz sizga yordam beramiz. Kun.uz yutub kanaliga obuna bölsangiz, dunyoda nimalar bölayotganidan aslo bexabar qolib ketmaysiz. Iltimos, bizning mehnatimizni qöllab-quvvatlaş uçun videolarimizga like bosib, izohlarda fikringizni qoldiring.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning samolyoti Vaşingtonga yetib bordi. Haagadagi xalqaro jinoyat sudi Ğazodagi qirğinda aybdor deb hisoblab, hibsga olişga order bergan Netanyahu Oq uyga qaytgan dösti Donald Tramp bilan uçraşuvni intizor bölib kutayotgandi.
Ertaga Oq uyda AQŞ prezidenti Isroil boş vazirini qabul qiladi. Netanyahu Tramp prezidentlikka kirişganidan keyin qabul qiladigan ilk xorijiy davlat yetakçisi böladi. Bibi ançadan beri AQŞga bormagandi, axir Bayden uni yoqtirmasligini yaşirmasdi.
Tramp va isroillik dösti eng avvalo Ğazodagi uruşni muhokama qilişadi. Ba’zi miş-mişlarga köra, Tramp Isroil tomonidan uruşda ğalaba qozonganini e’lon qilib, uni tugatişni söragan. Lekin ertangi uçraşuvda Netanyahu Isroil HAMAS ustidan ğalaba qozondi deb tantanavor gapirmasa kerak. Çunki Isroil hukumatida Ğazodagi uruşni davom ettirişni istaşmoqda. Öt oçişni töxtatiş rejimi böyiça kelişuvga Netanyahu isroilliklar bosimi bilan könişga majbur böldi. Çunki ular har qanaqasiga HAMAS qölidagi asirlarni ortga qaytarişni talab qilişdi. Bu işni sulhsiz qilib bölmasdi.
HAMAS sözida turib isroillik asirlarni bosqiçma-bosqiç qöyib yubormoqda. Bu esa barça rejadagiday davom etsa, Isroil kelişuvning uçinçi bosqiçini ham töliq bajarişga majbur bölişini anglatadi. Bu bosqiçda Isroil barça qöşinlarini töliq Ğazodan olib çiqişi kerak. Oxirgi çiqayotgan xabarlarga qaraganda, Isroil asirlarni qaytarib bölganidan keyin yana nima bahona bilan Ğazoda uruşni davom ettirişni öylayotganday körinadi.
Katta ehtimol, hozir Netanyahuning qölida Ğazoda uruşni davom ettiriş böyiça qandaydir reja bor va uni Trampdan tasdiqlatib olişni istaydi. Çunki Isroil Yaqin Şarqda har qança ta’siri katta davlat bölmasin AQŞning qöllovisiz katta işga qöl urolmaydi.
«Prezident Tramp bilan doimiy muloqotda böliş orqali aloqalarimizni yaxşilaymiz. Kuç yordamida xavfsizligimizni mustahkamlaşimizga işonaman», dedi Netanyahu parvoz oldidan.











