Özbekiston uçun asosiy çaqiriqlardan biri bu – demografik dividenddan samarali foydalaniş. Vaholanki, işçi kuçining katta qismi yaxşi iş şaroitlari izlab xorijga migratsiya qilmoqda.

2023 yil dekabr holatiga köra, Özbekistondan mehnat migranti sifatida ketganlarning soni ikki million kişini taşkil etdi: 1 452 300 erkak (72,4 foiz) va 547 700 ayol (27,6 foiz). 2023 yilda Özbekistonga qaytgan migrantlar soni 218,8 ming kişiga yetdi (2022 yilda 214,8 ming kişi), çiqib ketgan migrantlar soni esa 233,2 ming kişini taşkil etdi (2022 yilda 221,5 ming kişi).

Özbekistonlik mehnat migrantlarining aksariyati Rossiya Federatsiyasida (1,2 million kişi yoki umumiy migrantlar sonining 60 foiz), undan keyin Qozoğiston (191,8 ming kişi yoki 10 foiz), Turkiya Respublikasi (113,8 ming kişi yoki 6 foiz), Janubiy Koreya (68,1 ming kişi yoki 3 foiz) va boşqa mamlakatlarda (424,4 ming kişi yoki 21 foiz).

Özbekistonning xorijdagi mehnat migrantlari quriliş (52,7 foiz), sanoat (12,8%), xizmat körsatiş (9,7 foiz), umumiy ovqatlaniş (6,9 foiz), savdo-sotiq (6,7 foiz), transport (4,3 foiz), qişloq xöjaligi (4,1 foiz) va boşqa sohalarda (2,8 foiz) band.