Ukraina va Rossiya örtasidagi uruş uçinçi yilki davom etmoqda. AQŞda prezident özgargaç tinçlik muzokaralari haqida tobora köproq gapirilmoqda. Çunki Vaşington Kiyevga harbiy yordamni töxtatdi, Ukraina amerikaliklar yordamisiz uzoq mudofaalana olmaydi. Rossiyaning ham iqtisodiy holati havas qilarli emas va şu uçun katta kuç bilan oldinga ötolmaydi. YouTube kanalimizdagi navbatdagi videoda tinçlik kelişuviga erişiş ehtimollari haqida gaplaşamiz. Iltimos, videoni tomoşa qilib, sizga yoqsa, unga like bosing va izohlarda fikringizni qoldiring.
Tramp bir kunda tugatolmadi
Respublikaçi Donald Tramp saylov kampaniyasi davrida Ukraina va Rossiya örtasidagi uruşni bir kunda tugataman deb aytganini eslasangiz kerak. Tramp prezidentligining uçinçi haftasi ketmoqda, lekin uruş tugagani yöq. Dunyoda AQŞ prezidenti kabi siyosiy ta’sir doirasi katta lavozim yöq. Ha, Amerika prezidenti katta odam, lekin dunyoning narigi çekkasida uç yildan buyon davom etayotgan uruşni bir kunda tugata oladigan darajada katta emas. Janob Tramp prezidentlikka kirişganidan keyin bir kun içida mana, nimalarga ulgurdi: Oq uydagi oval kabinetga Uinston Çerçill byustini hamda iş stoliga şakarsiz Coca-Cola çaqiradigan tugmani qaytardi.
Tramp bir kunda uruşni tugataman deb amerikalik saylovçilarni öziga oğdiriş uçun aytgani aniq edi. Axir Amerikada prezident böliş uçun nimalar deyişmaydi. Çunki saylovni yutiş uçun dono siyosatçi bölişning özi yetarli emas.
Ana şu bir kunda uruşni tugatişini aytib katta ketgan Tramp endi uruşni 100 kunda tugatiş böyiça maxsus vakillariga topşiriq bergani aytilmoqda. Tramp tez orada Zelenskiy va Putin bilan uçraşişini anons qildi. Katta ehtimol u avval Rossiya, keyin Ukraina prezidenti bilan uçraşadi. Undan keyin balki uddalay olsa, Zelenskiy va Putinni bir kabinetga çaqirib muzokara ötkazar, lekin bu oson bölmaydi.
«Tinçlik har qaçongidan yaqin»
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy oxirgi intervyusida tinçlik muzokaralari haqida gapirdi. Uning fikriça, bu borada AQŞ va Rossiya Ukrainasiz muzokara ötkazsa, bu juda xavfli iş böladi. Zelenskiy Putin oxirgi vaqtlarda jon-jahdi bilan muzokaralarga tayyorligini takrorlayotgani, lekin töğridan töğri Ukraina bilan gaplaşişga qörqişini aytdi. Şuningdek, Ukraina prezidenti Rossiya bilan muzokaralarda AQŞ va Yevropa Ittifoqi vakillari qatnaşişi kerakligini ta’kidlab, şundan keyin ruslar bilan töğridan töğri gaplaşiş mumkinligini aytgan.












