Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni yirik transport infratuzilmasi loyihalari böyiça hisobot bilan tanişdi.
Jahon banki iştirokida Toşkent-Andijon muqobil yöli loyihalaştirildi. 314 km uzunlikdagi tezyurar magistral ikki şahar örtasidagi yöl vaqtini 5 soatdan 3 soatgaça qisqartirişi, YTH sonini 40 foizga kamaytirişi va YaIMni 2,6 foizga oşirişi kutilmoqda
«Bu 10,5 milliondan ortiq aholi yaşaydigan vodiyni poytaxt bilan boğlovçi arteriya böladi. Şu bois prezident bu loyihaning muhimligini yana bir bor ta’kidladi», — dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.
Vazirning sözlariga köra, 30 dan ortiq xorijiy kompaniyalar loyihaga qiziqiş bildirgan. «Joriy yilda quriliş işlarini boşlaymiz», — dedi Mahkamov.
Transport vaziri, şuningdek, 2025 yilda Toşkent va Samarqand örtasida pulli trassa qurilişini boşlaş rejalari haqida gapirdi. Gap umumiy uzunligi 300 km bölgan olti tasmali yöl haqida bormoqda.
«Barça loyihaviy hujjatlar yakunlab, tender işlarini amalga oşiryapmiz. Bu yil uşbu loyiha böyiça ham quriliş işlari rejalaştirilgan. Hurmatli prezidentimiz uşbu ikki yölda qurilişni tezroq boşlaş uçun tenderni barça qoidalarga rioya qilgan holda, lekin ortiqça vaqt sarflamasdan ötkaziş vazifasini qöydi», — dedi u.
2024−2030 yillarda davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş töğrisidagi qarorga köra, ötgan yilning dekabr oyida pudratçini aniqlaş, u bilan şartnoma tuziş va qurilişni boşlaş rejalaştirilgandi. Işlarni 2028 yil oxirigaça yakunlaş, keyin esa boşqaruvni DXŞ asosida xususiy operatorga ötkaziş rejalaştirilgan. Toşkent-Samarqand yölining dastlabki narxi 2,2 mlrd dollarni taşkil etadi.












