Argentina Jahon soğliqni saqlaş taşkilotidan çiqadi. Bu haqda mamlakat prezidentining matbuot kotibi Manuel Adorni ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, Argentina prezidenti Xaver Mileyning qarori «soğliqni saqlaş siyosati böyiça, ayniqsa, (COVID-19) pandemiya davridagi çuqur kelişmovçiliklarga asoslangan». Adornining qöşimça qilişiça, Argentina hukumati «xalqaro taşkilotning suverenitetga aralaşuviga yöl qöymaydi».
Argentina hukumati xalqaro taşkilotdan çiqiş töğrisidagi qarorni Donald Tramp AQŞning JSSTdan çiqişiga oid farmonni imzolaganidan ikki hafta ötib qabul qilmoqda. Hujjatga muvofiq, AQŞ JSSTga har qanday turdagi vositalar berilişini töxtatadi, şuningdek, JSSTda işlovçi barça xodim va pudratçilarini çaqirib oladi.
Farmonda belgilanişiça, JSST AQŞdan boşqa mamlakatlarning badallariga nisbatan nomutanosib ravişda katta «tölov talab qiladi». Bundan taşqari, Tramp JSSTni zarur islohotlarni amalga oşira olmayotganlikda va «taşkilot a’zolarining nomaqbul siyosiy ta’siriga boğlanib qolganlikda» ayblagan.
Donald Tramp birinçi prezidentlik muddati davrida ham Jahon soğliqni saqlaş taşkilotini moliyalaştirişni töxtatgan edi. Trampning fikriga köra, taşkilotning xatti-harakatlari Xitoyning COVID-19 koronavirusi haqida «notöğri ma’lumot tarqatişiga»ga yordam bergan, bu kasallik köproq avj olişiga olib kelgan.












