Belgiyaning Euroclear depozitariysi 2024 yilda bloklangan Rossiya aktivlarini investitsiya qilişdan 6,9 milliard yevro foiz daromad oldi, bu 2023 yilga nisbatan 2,5 milliard yevroga köpdir, deyiladi u tomonidan 5 fevral, çorşanba kuni çop etilgan hisobotda. Ötgan yili olingan summaning 5,39 milliard yevrosi Rossiya bankining bloklangan aktivlariga, yana 1,5 milliard yevrosi esa Rossiya Federatsiyasi aktivlariga tegişli.

Hujjatda qayd etilganidek, Ukraina mart oyida uşbu summadan 2 milliard yevro oladi. «Kapital va risklarni boşqariş talablarini qondiriş uçun 10 foiz favqulodda tölovni uşlab qolgaç, Euroclear 2024 yilning iyul oyida Ukraina böyiça Yevropa jamğarmasiga taxminan 1,55 milliard yevro miqdorida 2024 yilning birinçi yarmi uçun birinçi tölovni amalga oşirdi. 2024 yilning ikkinçi yarmi uçun ikkinçi tölov 2025 yilning mart oyida olinişi kutilmoqda va taxminan 2 milliard yevroni taşkil qilişi kerak», deyiladi bayonotda.

Foiz daromadining pasayişi ehtimoli bor

Şu bilan birga, Euroclear moliyaviy guruhi 2024 yilda jahon iqtisodiyotida stavkalarning bosqiçma-bosqiç pasayişi Rossiya Markaziy bankining bloklangan aktivlari böyiça foiz daromadlarining ösiş sur’ati pasayişiga olib kelganini ta’kidlaydi. Belgiyalik iqtisodçilarning prognozlariga köra, «kelajakdagi foiz daromadlari istiqbollari pasayişda davom etişi mumkin, ammo bu kelajakdagi siyosiy qarorlarga boğliq».

2024 yil oxirida Euroclear Rossiyaning 183 milliard yevrolik muzlatilgan aktivlarini özida saqlagan. Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi ortidan Ğarb davlatlari Rossiya Markaziy bankining umumiy qiymati taxminan 260 milliard yevroni taşkil etgan naqd pul va qimmatli qoğozlar körinişidagi aktivlarini muzlatib qöydi. Ularning uçdan ikki qismidan köproği Belgiya depozitariysida saqlanadi. Şu bilan birga, Rossiya Moliya vazirligi 2022 yilda muzlatilgan aktivlar hajmini taxminan 300 milliard dollar (288 milliard yevro) deb baholadi.