Oltin qazib oluvçi kompaniyalar 4 fevral kuni Navoiy viloyatidagi 31 ta oltin uçastkasini qölga kiritiş uçun elektron auksionda raqobatga kirişdi. Lotlardan birida savdo 10 soatdan ortiqroq davom etib, aktiv narxi boşlanğiç narxdan 110 barobargaça qimmatladi.
4 fevral kuni E-auksion platformasida Navoiy viloyatidagi oltin qazib oliş mumkin bölgan 31 ta yer uçastkasi böyiça auksion savdolari bölib ötdi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Auksionlarda Nurota va Karmana tumanlarida joylaşgan Navoiy, Nurota, Oqsoqolota, Sop, Şuxsoy konlaridagi yer uçastkalari sotildi.
Yer uçastkalari 26,3 mln sömdan 52,5 mln sömgaça bölgan oraliqdagi boşlanğiç narxlar asosida sotuvga qöyildi. Savdolar jarayonida talabgorlar raqobati tufayli narxlar keskin oşib, 31 ta uçastka jami 25,1 mlrd sömga sotildi. Bu – lotlarning umumiy boşlanğiç qiymatidan 23 barobarga köp.
Eng qimmat sotilgan uçastka Nurota tumanidagi Sop-10/24 uçastkasi böldi. 10 soatdan ortiq davom etgan savdo yakunida boşlanğiç narxdan 110 baravar köp – 3,6 mlrd söm taklif bilan “Xinlong Mining Drilling” kompaniyasi lotni yutib oldi.

Bu kompaniya ikkinçi eng qimmat oltin uçastkasiga aylangan Sop-14/24 uçastkasini 183 ta qadamdan keyin 1,9 mlrd sömga sotib oldi.
Umuman, kun davomida “Xinlong Mining Drilling” jami 9,1 mlrd söm evaziga 8 ta oltin maydonini özlaştiriş huquqini qölga kiritdi.
Yana törtta maydon “Neo Gold Mining” tomonidan 2,7 milliard sömga sotib olindi. “Zhonghuitong Mining Group” kompaniyasi 1,13 milliard söm taklif qilib, 4 ta maydonni qölga kiritdi. Uçta maydon “Golden Diggers” tomonidan sotib olindi, kompaniya bu hududlar uçun 3,24 milliard söm tölagan.











