Özbekiston savdo balansi uçun Afğonistondan kömir import qiladi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston delegatsiyasi «Tolibon» Sanoat va savdo vazirligi vakillari bilan Kobulda bölib ötgan uçraşuvda mamlakat afğon kömirini import qilişga tayyorligini bildirgan. Ikki mamlakat xususiy kompaniyalari 4,5 million dollarlik savdo şartnomalarini imzolagan.
«Tomonlar savdo imtiyozlari masalalarini, Afğonistonning Samangan viloyatida sement zavod quriş va birgalikda körgazmalar ötkaziş masalalarini muhokama qildi», — deyiladi xabarda.
2025 yil may oyida transport vaziri Ilhom Mahkamov boşçiligidagi delegatsiya Afğonistonga taşrif buyurib, taşqi işlar vaziri Amir Xon Mottakiy bilan muzokaralar ötkazgandi. Öşanda yaqin orada Kobulga 1 million tonnadan ortiq kömir sotib oliş uçun texnik guruh kelişi ta’kidlangan edi.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev ötgan yilning dekabr oyi boşlarida metallurgiya korxonalarining transformatsiya dasturlari hamda 2025 yilgi rejalari bilan tanişgandi. Yiğilişda 2025 yilda toğ-kon va geologiya sohasidagi loyihalarga 1 milliard dollar investitsiya jalb qiliş közda tutilayotgani, kaolin işlab çiqarişni 50 foiz oşiriş, kömir qazib olişni 10 million tonnaga yetkaziş möljallanayotgani aytilgandi.












