Transport vaziri Ilhom Mahkamov boşçiligidagi delegatsiya 12 may kuni Afğonistonga taşrif buyurib, taşqi işlar vaziri Amir Xon Mottakiy bilan muzokaralar ötkazdi, deb xabar qildi Afğoniston TIV.
Transport vaziri «Özbekiston — Afğoniston — Pokiston» temiryöli loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini amaliy işlab çiqiş uçun muhandislar jamoasi bilan kelganini aytgan. Bir neça haftadan söng yana bir Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonga afğon temiryöli qurilişi uçun uskunalar olib kelişi kutilmoqda.
Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev Özbekistonda afğonistonlik biznesmenlar va haydovçilar uçun uzoq muddatli vizalar, şuningdek, ta’lim, tibbiyot va turizm uçun vizalar beriş ustida iş olib borilayotganini ma’lum qilgan.
TIV ma’lumotlariga köra, u yaqin orada Kobulga 1 million tonnadan ortiq kömir sotib oliş uçun texnik guruh kelişini ta’kidlagan. Şuningdek, Mozori Şarifdagi Imom al-Buxoriy madrasasi qurilişini boşlaş uçun muhandislar kelişi rejalaştirilgan.
Prezidentning maxsus vakili Özbekiston Afğoniston Axborot va madaniyat vazirligi bilan tarixiy maskanlar va ziyoratgohlarni quriş va rekonstruksiya qilişda hamkorlik qilişga tayyorligini bildirgan.
















