Rossiyaning Liberal-demokratik partiyasi yetakçisi Leonid Slutskiy boşçiligidagi bir guruh deputatlar mehnat şartnomasi muddati uzaytirilmagan bölsa, xorijliklarning Rossiyani tark etişini talab qiluvçi qonun loyihasi taşabbuskori böldi, deb yozdi TASS.
«Çet el fuqarosi muddatli mehnat şartnomasining amal qiliş muddati tugaganidan keyin yoki muddatidan oldin bekor qilinganidan keyin 10 iş kuni içida Rossiya hududini tark etişi şart. Çet el fuqarosi oxirgi muddatli mehnat şartnomasining amal qiliş muddati tugagan kundan boşlab 20 iş kunidan keçiktirmay yangi muddatli mehnat şartnomasini tuzgan hollar bundan mustasno», deyiladi qonun loyihasida.
Agar çet el fuqarosi uşbu talabni bajarmasa, öz hisobidan deportatsiya qilinişi kerak. Agar mablaği bölmagan taqdirda, iş beruvçining hisobidan deportatsiya qilinişi lozim. Qonun loyihasi yuqori malakali mutaxassis bölgan çet el fuqarolariga taalluqli emas.
Bundan taşqari, qonun loyihasida xorijiy fuqarolar bilan tuzilgan mehnat şartnomasi muddatini bir yil bilan çeklaş taklif etilmoqda. Amaldagi mehnat qonunçiligida çet el fuqarolari bilan muddatsiz va muddatli asosda mehnat şartnomalari tuziş imkoniyati nazarda tutilgan.












