Özbekiston va Malayziya muhim minerallar sohasida loyihalarni amalga oşirişga kelişib oldi. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, Özbekiston va Malayziya iqtisodiyotlari bir-birini töldiradi, bu elektronika va yarimötkazgiçlar sohasida sanoat kooperatsiyasi uçun imkoniyatlar oçadi.

Vazirlik rahbari Özbekiston muhim minerallar va resurslarning ulkan zaxiralariga ega ekanligini ta’kidladi, bu esa «sanoatni rivojlantirişning yangi bosqiçiga ötiş, yarimötkazgiçlar uçun komponentlar işlab çiqarişni yölga qöyiş» imkonini beradi.

«Biz Malayziyaning uçta yetakçi öyinçilari bilan yuqori tozalikdagi monokristall va polikristall kremniy, şuningdek, öta toza grafit işlab çiqariş böyiça qöşma loyihalarni yaratişni nazarda tutuvçi kelişuvlarga erişdik. Oxirgisi nafaqat yarimötkazgiçlar sanoatida, balki yadro energetikasida, kosmik sohada ham qöllaniladi,» — dedi u.

Malayziya kompaniyalari bilan hamkorlik Özbekiston iqtisodiyoti va mahalliy korxonalarni rivojlantirişning yangi bosqiçiga olib çiqadi, dedi vazir.