Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats Isroil mudofaa kuçlariga Ğazo aholisiga Falastin hududini «ixtiyoriy ravişda tark etiş» va «ularni qabul qilişga tayyor bölgan istalgan davlatga boriş» imkonini beruvçi rejani işlab çiqişni topşirdi. «Rejaga çegaradan ötiş joylari orqali çiqiş variantlari, şuningdek, dengiz va havo yöllari uçun maxsus mexanizmlar kiritiladi», — deb yozdi u 6 fevral, payşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida.
Kats AQŞ prezidenti Donald Trampning «jasur taşabbusini» ma’qulladi, bu ğazoliklar uçun «katta imkoniyatlar yaratişi» mumkin bölib, ular qabul qiluvçi mamlakatlarga köçib ötişiga va «Hamas ketganidan keyin xavf tuğdirmaydigan qurolsizlangan Ğazoni qayta quriş» rejalarini amalga oşirişga yordam beradi, ammo «buning uçun köp yillar kerak böladi».
Uning sözlariga köra, Hamas ğazoliklardan tirik qalqon sifatida foydalangan va «terror infratuzilmasi»ni qurgan hamda hozir «ularni garovda uşlab, yordam tizimi orqali pul undirib, çiqib ketişiga tösqinlik qilmoqda». «Ğazo aholisi butun dunyoda qabul qilinganidek, erkin harakatlaniş va migratsiya huquqiga ega bölişi kerak», — dedi vazir.
Kats falastinliklar köçib ötişi mumkin deb hisoblagan davlatlar qatorida Isroilga Ğazo sektoridagi xatti-harakatlari yuzasidan «yolğon ayblovlar qöygan» va «qonun böyiça» mintaqa aholisini qabul qilişga majbur bölgan Ispaniya, Irlandiya, Norvegiya va boşqa davlatlarni keltirdi, agar ular rad etsa, «ularning ikkiyuzlamaçiligi foş böladi». Kats, şuningdek, «uyuşgan immigratsiya dasturiga» ega bölgan va «ilgari ğazoliklarni qabul qilişga tayyorligini bildirgan» Kanadani ham eslatib ötdi.
Tramp: AQŞ Ğazo sektorini nazorat ostiga oladi
AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ Ğazo sektorini nazorat ostiga olişini aytdi. Respublikaçi bu haqda 4 fevral kuni Oq uyda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan uçraşuvdan söng gapirdi. Matbuot anjumani Amerikaning Associated Press(AP) axborot agentligi tomonidan translatsiya qilindi.
«Qöşma Ştatlar Ğazo sektorini nazorat qiladi, biz u bilan işlaymiz, - dedi Oq uy rahbari. - Biz unga egalik qilamiz va u yerdagi barça xavfli portlamagan bombalar va boşqa qurollarni demontaj qiliş uçun javobgar bölamiz».
«Agar kerak bölsa, buni qilamiz, bu uçastkani nazoratga olamiz, rivojlantiramiz, minglab iş örinlarini yaratamiz. Bu butun Yaqin Şarq faxrlanişi mumkin bölgan narsa böladi», deb qöşimça qildi Tramp. U yerda kim yaşaşi haqidagi savolga respublikaçi Ğazo sektori «dunyo xalqi» va «Yaqin Şarq rivera»si uçun uyga aylanişi mumkinligini aytdi.













