Livan prezidenti Jozef Aun boş vazir Navaf Salom boşçiligidagi yangi hukumat tarkibini tasdiqladi. Bu haqda prezident kanselyariyasi ma’lum qildi.
Livanni oğir iqtisodiy inqirozdan olib çiqişi va Isroil harakatlarining halokatli oqibatlarini bartaraf etişi kerak bölgan Vazirlar Mahkamasi tarkibidan 24 nafar vazir örin oldi.
Respublika prezidenti boş vazir vazifasini vaqtinça bajarib kelgan Najib Mikati hukumatini iste’foga çiqariş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Navaf Salom — diplomat va BMT Xalqaro sudining sobiq raisi, u Livan sud tizimini va iqtisodiyotni isloh qilişga, şuningdek, mamlakatda barqarorlikni ta’minlaşga va’da berdi.
Eslatib ötamiz, yanvar boşlarida Livan parlamenti ovoz berişning ikkinçi turida armiya boş qömondoni Jozef Aunni mamlakat prezidenti etib saylagandi. Ekspertlar mamlakatdagi deyarli barça siyosiy kuçlar, jumladan, «Hizbulloh»ni ham qanoatlantiradigan nomzod bölgani tufayli uning saylanişi ehtimolini yuqori baholayotgandi.
Livanda prezidentni saylaş jarayoni Konstitutsiya va hokimiyatning konfessional taqsimotiga asoslangan mamlakat siyosiy tizimining öziga xos xususiyatlari bilan tartibga solinadi. Livan prezidenti 128 deputatdan iborat parlament tomonidan olti yil muddatga saylanadi va u ketma-ket ikkinçi muddatga uşbu lavozimni egallay olmaydi.












