DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan 5-7 fevral kunlari mamlakat miqyosida «Oriyat» va «Qoradori» keng kölamli tadbirlari ötkazildi. Bu haqda DXX xabar berdi.
7 fevral kuni ötkazilgan «Oriyat» keng kölamli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida axloq va soğliqqa qarşi qaratilgan jinoyatlarni aniqlaş, OIV (OITS) va boşqa turdagi yuqumli, teri-tanosil kasalliklari tarqalişining oldini oliş maqsadida saunalar, SPA salonlar, massajxonalar, karaoke barlar, mehmonxonalar, xostellar, tungi klublar va boşqa jamoat joylarida hamkorlikdagi tadbirlar olib borildi.
Tadbirlar doirasida 340 ta obekt tekşirilib, aholi salomatligiga xavf solişi mumkin bölgan 2957 nafar şaxslar bilan tuşuntiriş işlari olib borildi va mobil tarzda şifokor körigidan ötkazilib, tegişli tibbiy xulosalar olindi.


Aniqlangan holatlar böyiça qözğatilgan 93 ta jinoyat işi doirasida 94 nafar şaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. 153 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 1920 nafar şaxs bilan profilaktik suhbatlar ötkazildi hamda ularning 766 nafari rasmiy ogohlantirildi.
«Qoradori» keng kölamli tadbirlarining ikkinçi bosqiçida jami 640 ta maxsus tezkor tadbir doirasida giyohvandlik vositalarini tarqatiş, saqlaş, iste’mol qilişda gumon qilingan 1401 nafar şaxs bilan tezkor va profilaktik ogohlantiruv tadbirlari amalga oşirildi.

Ötkazilgan tadbirlar davomida qariyb 29 kg giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gaşiş, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 9421 dona kuçli ta’sir qiluvçi va psixotrop dori vositalarining aholi orasida tarqatilişi töxtatildi. 18 ta noqonuniy öqotar qurol va 126 dona sovuq qurollar aniqlandi.


Şuningdek, 339 nafar şaxsga nisbatan 269 ta jinoyat işi qözğatildi hamda 119 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. 53 nafar qidiruvdagi şaxs uşlandi. 656 nafar şaxs bilan profilaktik suhbatlar ötkazilib, 234 nafari rasmiy ogohlantirildi.













