Unda Özbekiston şarafini milliy terma jamoa a’zosi, tajribali Yanina Kuskova himoya qildi. U mazkur dasturda eng yaxşi natijani qayd etib, oltin medalga ega çiqdi:

Yanina Kuskova — 42:50.566 (Özbekiston);
Safiya Al Sayeh — 43:50.463 (BAA);
Tsuyaka Uçino — 44:03.610 (Yaponiya).

Bugun Osiyo çempionatining törtinçi kungi bellaşuvlari taşkil etiladi. Kun davomida yoş yigitlar, ayollar va U-23 yoş toifasidagi qizlar örtasida individual vaqt poygasi bölib ötadi:

yoşlar, individual vaqt poygasi - 13:00-15:00. Tarkib: Artur Strelsov;
ayollar va U-23 qizlar, individual vaqt poygasi - 15:00-17:00. Tarkib: Yanina Kuskova, Asal Rizayeva.

Dastur Bueng Si Fay köllar tizimi hamda Piçit provinsiyasi oraliğida taşkil etiladi.

Şuningdek, Tailandda para velosportning şosse yönalişi böyiça ötkazilayotgan Osiyo çempionati yakunlandi. Musobaqaning sönggi kunida guruh poygalari davom ettirildi va unda terma jamoaning 8 nafar a’zosi şohsupaga kötarildi:

Oltin
Aziz Otaxöjayev (T1)
Marjona Pardaboyeva (T1)
Odina Hamdamova (T2)

Kumuş
Zarifa Möminova (T1)
Fotima Haydarova (T2)
Bahodir Odinayev (T2)

Bronza
Saidjabbor Dadaxonov (T1)
Jasur Ilhomov (T2).

Yakuniy natijalarga köra, terma jamoa a’zolari qit’a birinçiligida 12 ta oltin, 9 ta kumuş va 5 ta bronza, jami 26 ta medalga sazovor bölişdi va umumjamoa hisobida 1-örinni egallaşdi.