Aholi xonadonlariga suvdan qarzdorlik borligi haqida qoğoz olib boriş va tölovni amalga oşirişni talab qiliş noqonuniy hisoblanadi. Mazkur holatda ötkazilgan mablağlar orqali qarzdorlik bartaraf etilmaydi. Bu haqida “Özsuvta’minot” raisi örinbosari Xurşid Rahmatullayev ma’lum qilib, içimlik suviga faqat rasmiy elektron tölov vositalari orqali mablağ ötkaziş zarurligini ta’kidladi.
2024 yil 1 dekabrdan içimlik va oqova suv uçun tölovlar faqat elektron şaklda amalga oşirilişi e’lon qilingan edi. Biroq şunga qaramay, özini nazoratçi yoki suv ta’minoti xodimi sifatida taniştirib, aholiga suvdan qarzdorligi mavjudligi haqida maxsus muhr bosilgan tölov qoğozlarini taqdim etayotgan va firibgarlik yöli bilan pul undirib olayotganlar mavjud.
12 fevral kuni AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida “Özsuvta’minot” AJ raisi örinbosari Xurşid Rahmatullayev holatga munosabat bildirib, özini suv ta’minoti xodimi sifatida taniştirib, tölovni naqd şaklda amalga oşirişni söraş hozirda noqonuniy harakat hisoblanişini va öşa jarayonda tölangan mablağ tizimda qayd etilmasligini ma’lum qildi.
“Nazoratçiga berilgan pullar baza yoki abonent hisobraqamida körinmaydi, mablağ suv ta’minoti kompaniyasi tizimiga kelib tuşmagani tufayli qarzdorlik öçirilmaydi. Şu sababli, aholiga faqat rasmiy tölov kanallari – banklar, elektron tölov tizimlari va maxsus bot orqali tölovni amalga oşiriş tavsiya etilmoqda”, – deydi u.
Mas’ulga köra, 2024 yil 1 dekabrdan naqd pulda nazoratçilar tomonidan tölovlarni yiğiş va içimlik suvdan qarzdorlik qoğozlarini tarqatib yuriş faoliyati ham töxtatilgan. “Özsuvta’minoti” AJ naqd pul şaklida amalga oşirilgan tölovlar ortidan qarzdorlik öçirilişiga kafolat bermasligi, bu jarayonda abonentlar huşyor bölib, tölovlarni faqat elektron şaklda amalga oşirişlari lozimligini aytdi.
“Agar kimdir nazoratçi sifatida özini taniştirib, noqonuniy tölovlarni amalga oşirişni sörasa, bunday holatlarda işonç raqamlariga qönğiroq qilib, mas’ullarni xabardor qiliş söraladi. Taşkilotimiz bunday holatlarni tekşirişga va firibgarlik holatlarining oldini olişga tayyor”, – deydi u.
Hozirda barça suv ta’minoti bölimlari iste’molçilar uçun maxsus işonç raqamlarini işga tuşirgan. Xususan, respublika böyiça yagona işonç raqami – 1255, korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça işonç raqami +998 (55) 503 10 55.















