Şaxmatçi, xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova AQŞ terma jamoasini tark etib, Özbekiston terma jamoasiga qaytdi. Bu haqda Şaxmat federatsiyasi xabar berdi.

Qaytiş sabablari haqida şaxmatçining özi şunday dedi:

«Gap pulda yoki va’dalarda emas, men doim Vatanimiz bayroği ostida qatnaşişni xohlaganman. Lekin orada şunday davr böldiki, ketişga majbur böldim. Agar men Özbekistonda muhit özgarganini, Şaxmat federatsiyasida sportçilarga e’tibor paydo bölganini his qilmaganimda qaytmas edim».

Gulruhbegim Tohirjonova özbekistonlik ayollar içida xalqaro grossmeyster unvonini olgan ikkinçi şaxmatçi. U 2020 yilda, 21 yoşida AQŞga jönab ketgan, keyinçalik ketişiga Özbekiston şaxmat federatsiyasidagi «adolatsizliklar» sabab bölganini aytgandi.

Tohirjonova AQŞ terma jamoasining 1-raqamli şaxmatçisi böldi. 2023 yilda «Yilning eng yaxşi ayol şaxmatçisi» deb topildi.

Oxirgi ikkita Olimpiada davomida AQŞ va Özbekiston özaro duç kelganda Gulruhbegim öz hamyurtlariga qarşi dona surişdan boş tortdi.