AQŞ Moliya vazirligi Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xonni sanksiyalar röyxatiga kiritdi. Donald Tramp AQŞ prezidentligi lavozimiga kirişganidan keyin XJSning Vaşington hamda uning ittifoqçilari, jumladan, Isroilga qarşi harakatlari uçun sanksiyalar qöllaş töğrisidagi farmonni imzolangan edi.
Karim Xon — 2021 yil 16 iyundan beri Xalqaro jinoiy sud boş prokurori lavozimida işlab kelayotgan britaniyalik yurist. Çeklovga uçraganlarning aktivlari muzlatiladi va ularning AQŞga kirişi taqiqlanadi.
Donald Tramp XJS «Amerikaga qarşi noqonuniy harakatlar qilgani» va Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu hamda sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga oliş uçun «asossiz orderlar berib, öz vakolatlarini suiiste’mol qilgani»ni aytgan. Xalqaro jinoiy sud uşbu qarorni qoralagan.
Şundan keyin Tramp Xalqaro jinoiy sudga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. 6 fevral kuni imzolangan farmonga köra, AQŞ fuqarolari va ittifoqçilari, şuningdek, ularning oila a’zolariga nisbatan sud tergovlarini qöllab-quvvatlovçi XJS rasmiylari AQŞ moliyaviy va viza çeklovlariga duçor böladi.
Amnesty International xalqaro huquqni himoya qiliş taşkiloti boş kotibi Agnes Kallamar Trampning XJSga qarşi sanksiyalar joriy etiş töğrisidagi qarorini «xalqaro adolat tizimiga hujum», deb atagan. «Isroil universal huquq tamoyillari va xalqaro adolatdan ustun turadigandek signal yuboriş, öylanmay qilingan harakatdir. Bu Tramp Isroil hukumati tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni ma’qullaşi va jazosizlikni qöllab-quvvatlaşini körsatmoqda», degan Kallamar.
Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xon Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga oliş uçun order berilişida asosiy iştirokçilardan bölgan.












