Nyu-Yorkda ötkazilgan yiğilişda XJSga a’zo 125 davlatdan 82 tasi Xonning iste’fosini yoqlab ovoz berdi. 13 davlat bunga qarşi çiqdi, 15 davlat esa betaraf qoldi.
Yiğiliş AQŞ hududida ötkazilgani ham e’tiborga molik. Qöşma Ştatlar Xalqaro jinoyat sudini ta’sis etgan Rim statuti iştirokçisi emas va avval XJSning ayrim mansabdor şaxslariga qarşi sanksiyalar ham joriy qilgan.
Karim Xonning özi Nyu-Yorkdagi yiğilişda iştirok eta olmagan. Bunga AQŞ tomonidan unga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar sabab bölgani aytilmoqda.
56 yoşli britaniyalik huquqşunos Karim Xon bir yildan ortiq vaqt oldin öziga nisbatan jinsiy tegajoğlik bilan boğliq ayblovlar paydo bölişi ortidan vakolatlarini vaqtinça topşirgan edi. U ayblovlarni inkor qilib, tekşiruv bilan hamkorlik qilişga tayyorligini bildirgan.
Xonga nisbatan ayblovlar qanday paydo bölgan?
2024 yil may oyida OAV XJSning kadrlar bölimi Karim Xonga nisbatan tekşiruv boşlagani haqida xabar bergan.
OAV ma’lumotlariga köra, Xonning yordamçilaridan biri hamkasblariga boş prokuror unga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar qilganini aytgan. Şundan söng XJSning içki nazorat organi dastlabki tekşiruvni boşlagan.
Biroq ehtimoliy jabrlanuvçi öşa paytda rasmiy şikoyat berişni istamagani sababli tekşiruv bir neça kundan keyin töxtatilgan.
Keyinçalik ayol öz qarorini özgartirib, Karim Xonga nisbatan ayblovlarini oçiq ravişda bayon qilgan.
OAV ma’lumotlariga köra, Sara ismli Malayziya fuqarosi 2017 yildan buyon Haagadagi sudda işlagan, 2023 yil fevraldan esa bevosita Xon rahbarligi ostida faoliyat yuritgan.
Ayolning da’vo qilişiça, Xon bir neça oy davomida uning şaxsiy çegaralarini jismoniy va hissiy jihatdan bosqiçma-bosqiç buzgan, keyinçalik esa uni jinsiy aloqaga majburlagan.
U CNN telekanaliga bergan intervyusida rahbar va xodim örtasidagi katta vakolatlar tafovuti şaroitida bunday munosabatni ixtiyoriy deb hisoblab bölmasligini aytgan.
Karim Xon esa bu ayblovlarni rad etadi.












