Hujjat bilan qonun hujjatlariga kuyidagilarni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda:
- unitar korxona va qöşimça mas’uliyatli jamiyat şakllarini tugatiş;
- yuridik şaxslarni qöşib yuboriş, qöşib oliş va taşkiliy-huquqiy şaklini özgartiriş orqali qayta taşkil etişda korxonalarning huquq va majburiyatlari topşiriş hujjatida aks ettirilgan yoki aks ettirilmaganligidan qat’i nazar qayta taşkil etilayotgan yuridik şaxsga ötkazilişi;
- korporativ şartnoma, konsorsium va konsorsium şartnomasi kabi institutlarning huquqiy maqomini belgilaş;
- MÇJ ta’sis şartnomasini davlat röyxatidan ötkaziş haqidagi talabni bekor qiliş;
- xöjalik jamiyatlari kuzatuv kengaşlarining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boşqa qimmatli qoğozlarni çiqariş töğrisidagi qarorlarini huquqiy hujjatlarga muvofiq muhim fakt sifatida oşkor etiş;
- ILMA (Istiqbolli loyihalar milliy agentligi) tomonidan qimmatli qoğozlar çiqarilişi davlat röyxatidan ötkazilganligi, şuningdek, qimmatli qoğozlar bozorida professional faoliyatni amalga oşirişga doir litsenziya berilganligiga taalluqli axborotni e’lon qiliş.
Xöjalik jamiyatining iştirokçilari yoki ayrim iştirokçilari öz a’zolik huquqlarini amalga oşiriş töğrisida özaro korporativ şartnoma tuzişga haqli. Şartnomaga muvofiq mazkur xöjalik jamiyatining iştirokçilari öz a’zolik huquqlarini amalga oşiriş yoki ularni amalga oşirişdan özini tiyiş (voz keçiş), şu jumladan:
- jamiyat iştirokçilarining umumiy yiğilişida ovoz beriş;
- jamiyatni boşqariş böyiça harakatlarni kelişib amalga oşiriş;
- öz ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) uluşlarini (aksiyalarini) ma’lum narxda yoki muayyan holatlar yuzaga kelganda qölga kiritiş yoki boşqa şaxsga beriş yoxud qölga kiritişdan yoki boşqa şaxsga berişdan özini tiyiş majburiyatini oladi.
Korporativ şartnomaga jamiyat iştirokçilari jamiyat organlarining körsatmalariga muvofiq ovoz berişi töğrisidagi va jamiyat organlarining tuzilişini hamda ularning vakolatlarini belgilaş haqidagi şartlar kiritilişi mumkin emas.
Korporativ şartnoma taraflari xöjalik jamiyatini korporativ şartnoma tuzilganligi töğrisida şartnoma tuzilgan kundan e’tiboran 15 kundan keçiktirmay yozma şaklda xabardor qilişi şart, bunda uning mazmunini oşkor etiş talab qilinmaydi.












