Buyuk Britaniya hukumati Suriyada hokimiyat almaşgani sabab uşbu mamlakatga nisbatan sanksiyalar rejimini yumşatadi. Bu haqda TIV rahbari örinbosari Stiven Dauti ma’lum qildi. Diplomatning sözlariga köra, özgarişlar energetika, transport va moliya sohalari bilan bir qatorda gumanitar sohaga ham ta’sir qiladi.

«Yaqin oylarda hukumat Suriyaga nisbatan sanksiyalari rejimini hal etiş böyiça çora-tadbirlarni taklif etadi», — deyiladi Buyuk Britaniya hukumatining saytiga joylaştirilgan rasmiy xabarda.

«Biz Suriya xalqiga öz mamlakatini qayta tiklaşi, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaşida kömaklaşiş maqsadida uşbu özgarişlarni amalga oşirmoqdamiz», — deydi Dauti. Uning sözlariga köra, energetika, transport va moliyaviy sektorda qöllangan sanksiyalarni yumşatiş közda tutilmoqda. Hukumat, şuningdek, gumanitar ta’minot töğrisidagi nizomni qayta körib çiqmoqçi.

Taşqi siyosiy idoraning qayd etişiça, Başar Asadning ağdarilgan hukumati a’zolariga nisbatan çeklovlar öz kuçida qoladi. «Sobiq rejim vakillariga nisbatan joriy etilgan aktivlarning muzlatilişi va safarlariga taqiqlar kuçda qolişi ta’minlaymiz», — deydi Britaniya TIV.

Avvalroq Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan Suriyaning qayta tiklanişiga yordam körsatiş uçun xalqaro hamjamiyat undan sanksiyalarni olib taşlaşi kerakligini ma’lum qilgandi. «Oldingi rejimga qarşi joriy etilgan sanksiyalar imkon qadar tezroq olib taşlanişi kerak», — degan Fidan Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Şar’a bilan ötkazilgan matbuot anjumanida.