Qayd etilişiça, rasmiy marosimdan söng bölib ötgan muloqot çoğida Özbekiston va Litva örtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollari muhokama qilingan.

Litva prezidenti rasmiy Vilnyus va Toşkent örtasidagi siyosiy muloqot va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanib borayotganini yuqori baholagan. 2024 yil yakuniga köra Özbekiston Litvaning yirik savdo-iqtisodiy şeriklaridan biriga aylangani alohida ta’kidlangan.

Prezident Gitanas Nauseda, şuningdek, Litva tomoni Özbekistonning YeI doirasidagi taşabbuslarini va Jahon savdo taşkilotiga kiriş masalasini qöllab-quvvatlaşini bildirgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston va Litva örtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 5 avgustda örnatilgan. Elçi Temur Rahmonov 2024 yil 17 iyun kuni Latviya prezidenti Edgars Rinkeviçsga işonç yorliqlarini topşirgan edi.