Sirdaryodagi maktabda öquvçining onasi öqituvçini urgani haqida xabar berilgandi. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi öqituvçiga qöl kötargan ayol uzr sörab çiqqan videoni e’lon qildi.

Tarmoqlarda paydo bölgan videoda qora kiyimdagi ayol sinf xonasida öqituvçining böynidan olib, undan xonadan çiqib ketişini talab qilgan va yuziga tarsaki tuşirgani aks etgan.

«Jahl ustida bilmay qoldim, sizlardan ham uzr sörayman», — deydi ayol.

Qayd etilişiça, holat viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi, tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan atrofliça örganib çiqilgan va tegişli çora körilgan.

«Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi bunday holatlarni keskin qoralaydi va doimo murosasiz munosabatda böladi», — deyiladi xabarda.

Oldinroq Sirdaryo tumanidagi 1-sonli maktabda sodir bölgan mazkur holatga maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova munosabat bildirgandi. «1 sonli maktabda yuz bergan holat Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olingan», deb yozgandi u.