Vaşington okrug sudi Tramp ma’muriyatiga xorijiy yordam dasturlarini 90 kunga muzlatib qöygan buyruqni bekor qilişni va bunday dasturlarni qaytadan boşlaşni buyurdi. Bu haqda 13 fevral, payşanba kuni keçqurun Associated Press (AR) xabar berdi. Unga köra. bu AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ni moliyalaştirişni töxtatiş bilan boğliq birinçi qarordir.

Federal sudya Amir Ali xorijda «tösatdan yopiliş taşkilotlarga yetkazgan katta zararni» inobatga olib, ikki xalqaro taşkilot, OITSga qarşi vaksinani himoya qiliş koalitsiyasi va USAID'dan moliyalaştiriladigan Global soğliqni saqlaş kengaşi tomonidan berilgan da’voni vaqtinçalik qanoatlantirişga qaror qildi, deb xabar beradi AR.

Tramp ma’muriyati rasmiylari avvalroq bunday moliyalaştiriş dasturlarini körib çiqiş va davom ettiriş töğrisida qaror qabul qiliş uçun ularni tugatiş zarurligini ta’kidlagan edi. Ammo ular nima uçun çet el yordamini butunlay töxtatiş yagona oqilona yeçim ekanligi borasida «heç qanday tuşuntiriş bermadi» va moliyalaştiriş töxtatilganida yopiliş arafasida turgan köplab kiçik va yirik taşkilotlarni e’tiborsiz qoldirişga asos borligini körsata olmadi, dedi sudya Ali.

AQŞ sudi USAID xodimlarini majburiy ta’tildan qaytardi

7 fevral kuni Kolumbiya okrugidagi AQŞ okrug sudi sudyasi ma’muriyatning USAID'ning 2700 ga yaqin xodimini ma’muriy ta’tilga çiqariş rejalarini töxtatdi. Bundan taşqari, allaqaçon ta’tilga yuborilgan 500 nafar xodim iş joyiga qayta tiklanişi kerak.

Amerika matbuotiga köra, Vaşingtondagi sudya Karl Nikols şu tariqa bunday xatti-harakatlarning noqonuniyligi haqida sudga da’vo qilgan ikki kasaba uyuşmasiga yon bosgan. U Tramp ma’muriyati harakatlarining qonuniyligini aniqlaş uçun dalillarni tez körib çiqiş maqsadida Vaşingtonning rejalarida 14 fevralgaça tanaffus olişni buyurdi.

Kasaba uyuşmalari da’vosida aytilişiça, AQŞ hukumatining USAID faoliyatiga aralaşiş harakatlari «USAID xodimlari, grant oluvçilar va pudratçilarning muhim işlarini keskin töxtatib, minglab iş örinlarini yöqotib, global gumanitar inqirozni keltirib çiqardi» va «AQŞ milliy xavfsizlik manfaatlariga xavf tuğdirdi». Hujjatda faqat Kongress USAID'ni tarqatib yuborişi mumkinligi, Tramp ma’muriyatining harakatlari «konstitutsiyaga zid va noqonuniy» ekanligi ta’kidlangan.

Avvalroq Donald Tramp USAID'ning barça loyihalarini 90 kunga muzlatib qöygan va agentlikni tarqatib yuboriş niyatida ekanini, deyarli barça xodimlarini işdan böşatişni rejalaştirganini ma’lum qilgan edi: Reuters ma’lumotlariga köra, butun dunyo böylab işlayotgan 10 ming kişidan atigi 290 nafarini – soğliqni saqlaş va gumanitar yordamga ixtisoslaşganlarni qoldiriş möljallangan, dedi The New York Times naşriga anonim manbalar. Tramp ma’muriyati USAID'ni nafaqat isrofgarçilikda, balki «Al-Qoida» va Afğonistondagi giyohvand moddalar işlab çiqariş bilan boğliq loyihalarni moliyalaştirişda ham aybladi.